(Shamsuddin) Muhammad ibn Muzaffaruddin ibn ash-Shofiʼiy (Eronda hijriy 745-yil (milodiy 1345-yil)da vafot etgan) „al-Xalxoliy“, „al-Xatibiy“ nomlari bilan maʼlum boʻlgan, aqliy va naqliy bilimlar sohasida faoliyat olib borgan olim.

Asarlari „Sharh mishkoti-l-masobih“ (al-Bagʻaviyning „Mishkotu-l-masobih“ asariga sharh", muallif uni „Tanviru-l-masobih“, yaʼni „Chiroqlarning nur taratishi“ deb nomlagan); „Manzuma fi-l-mantiq“ („Mantiq haqida manzuma“); „Sharhumuntahiyi-s-sual va-l-amal fi ilmayi-l-usul va-l-jadal“ („Usul va jadal ilmlari haqidagi savollar va umidlarning yakuni“); „Sharhutalxisi-l-miftoh“ (Qazviniyning ritorika haqidagi „Talxisu-l-mafotih“ asariga sharh"); „Sharhu miftohi-l-ulum“ (Sakkokiyning „Miftohu-l-ulum“ — „Ilmlar kaliti“ asariga sharh".

Manbalar