Mavlono Xurramiy (XV–XVI asr) — fors-tojik tilida ijod qilgan hirotlik shoir. Uning „Ravzat ul-oshiqin“ („Oshiqlar bogʻi“) asari mavjud. Asar 1547-yilda Buxoroda Abdulazizxon () davrida fors tilida yozilgan boʻlib, uning 1691-yildagi koʻchirilgan nusxasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi.

Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning feʼli yomonligi, sovuq va yoqimsiz qiliqlari tufayli Xurosonda yashay olmasdan, Iroqqa, keyinroq Makka va Madinaga borib, anbiyo va shayxlarning qabr­larini ziyorat qilgani, ammo safardan avvalgidan-da badfeʼl va badjahl boʻlib qaytganligi, shunday tabiati bilan yana sheʼr ham yozishi, tabʼ ahlini pisand qilmasligi haqida maʼlumot beradi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:Ovozai ruxi gul to boz bar nayoyad,

Dar boʻston zi bulbul ovoz bar nayoyad.

(Mazmuni: Gulning yuzi haqida yana bir ovoza tarqalmaguncha, boʻstonda bulbuldan ham sado chiqmaydi).

Manbalar

Havolalar

Turkum:Navoiyshunoslik Turkum:Alifbo boʻyicha shoirlar Turkum:Fors shoirlari Turkum:Buxoro xonligi kishilari