Mavlono Fidoiy (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan astarobodlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning sayidzoda ekani, otasi bilan haj safariga borib kelgani, yaxshi sheʼriy tabʼi borligini aytadi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:Hamesha roʻy ba devor bud Majnunro
Ki, az raqib bipoʻshad sirishki gulgunro.
(Mazmuni: Qonli koʻz yoshini raqibidan yashirish uchun Majnunning yuzi hamisha devorga oʻgirilgan edi).
Manbalar
Turkum:Navoiyshunoslik