Taqachi mahallasi (Mannon Uygʻur koʻchasi, 570) – Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi mahalla. Koʻrkamobod, Oqmasjid, Beshqayragʻoch, Hayratiy, Latifguzar, Hojiobod mahallalari bilan chegaradosh. 1950-yillarda bu hududda sholi, bugʻdoy ekilgan, uzumzor boʻlgan. Teatr 1966-yildagi zilziladan soʻng Taqachi mahallasining Oloy bozori, Shivli mavzeidagi aholiga shu hududdagi yer ajratib berilgan. „Taqachi“ mahallasi hozirgi Koʻrkamobod mahallasi bilan qoʻshilib Oybek mahallasi deb yuritilgan. Keyinchalik mahalla 5 ga boʻlinib, 2005-yilda „Taqachi“ nomi bilan atala boshlagan. Aholisi 4 678 kishi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, 10 ga yaqin millat vakillari yashaydi. Mahalla hududida oʻrta maktab, bolalar bogʻchasi, makaron sexi, „Maxsus ish kiyim“ korxonasi, „Mehrli savdo“ firmasi va boshqalar mavjud.
Maydoni 33,2 gektar.
Manbalar
Turkum:Uchtepa tumanidagi mahallalar