Buyuk Turon mahallasi (Ubay Orifov koʻchasi 6) — Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi mahalla. Tumandagi Mirzo Ulugʻbek, Minor, Matonat, Qashqar va Mirzo Ulugʻbek tumanining Hamid Olimjon, Lashkarbegi, Mustaqillik mahallalari bilan chegaradosh. 1993-yil 27-noyabrda ushbu hududda „Ts-2“ nomi bilan mahalla tashkil etilgan. 1994-yil „Turon“ nomi berilgan. 2016-yil 21-apreldagi Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi qaroriga binoan mahalla nomi Buyuk Turon deb oʻzgartirilgan.
Aholisi 3 950 kishi, koʻp millatli. Mahalla hududida koʻplab korxonalar joylashgan.
Manbalar
Turkum:Yunusobod tumanidagi mahallalar