Darxon mahallasi (Geologiya koʻchasi, 6-uy) – Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanidagi mahalla. Oqqoʻrgʻon, Hamid Olimjon, Salor mahallalari bilan chegaradosh. 1995-yil tashkil etilib, mahalla hududidan oqib oʻtuvchi Darxonariq nomi bilan atalgan. Aholisi 3 365 kishi, asosan oʻzbeklar(62%), shuningdek 10 dan ortiq millat vakillari yashaydi(2009). Mahalla hududdida „Dinamo“, „Yoshlik“, sport majmualari va xristian cherkovi, 3 bolalar bogʻchasi, dori-darmon, oziq ovqat doʻkonlari, aloqa boʻlimi 27-poliklinika, oʻrta maktab joylashgan. Akademik Hosil Boymuhamedov, yozuvchi Valentin Ovechkin shu mahallada yashab oʻtgan.

Manbalar

Turkum:Mirzo Ulugʻbek tumanidagi mahallalar