Bilimdon mahallasi – Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Mirobod tumanidagi mahalla. Tumandagi Fayziobod, Yuksalish, Chinor, Parvona mahallalari hamda Yashnobod tumanining Bunyodkor mahallasi bilan chegaradosh. 1890-yillarda mahalla oʻrnida qamishzor boʻlgan. Toshkentning Guliston mahallasidan chiqqan Sattorboyvachcha bu yerlarni oʻzlashtirib, sholi va poliz ekinlari ekib kelgan. 1900-yillarda qarindosh-urugʻlari bilan uy-joylar qurib yashay boshlagan. 1932-1936-yillarda ocharchilikdan qiynalagan Fargʻona vodiysidan br necha oila koʻchib kelib, hozirgi Fargʻona yoʻli boʻylab oqayotgan „Tolariq“ boʻyida joylashgan. 1966-yilgi Toshkent zilzilasidan soʻng bu joylarga koʻplab oilalar koʻchib kelgan. 1986-yil mahalla nomi Bilimdon deb atalgan. Aholisi 3 000 ga yaqin. Asosan, oʻzbeklar, shuningdek, 10 ga yaqin millat vakillari yashaydi (2009). Mahalla hududida 3 koʻcha, „Afsona“ kafesi, oziq-ovqat doʻkonlari va boshqalar mavjud.
Manbalar
Turkum:Mirobod tumanidagi mahallalar