Doʻmbirobod mahallasi – Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi mahalla. Katta Doʻmbirobod, Gavhar, Tirsakobod mahallalari bilan chegaradosh.

Tarixi Kichik Doʻmbirobod nomi bilan tashkil etilgan, 2007-yildan hozirgi nomda. Mahalla nomi oʻz tarixiga ega. 19-asr oxiri 20-asr boshlarida bu hududdan Qonqus, Shirin, Darxon ariqlari oqib oʻtgan boʻlib, shahardagi Beshyogʻoch, Guliston, Chaqar mahallalarining aholisi bu yerlarni obod etib, bogʻ-hovlilar barpo etishgan. Rivoyat qilinicha, Mirsalim (Mirsoat) ismli qassob bu yerlarga birinchilardan boʻlib kelib, daraxtlar ekkan, choyxona tashkil qilgan. U kishi quvnoq va qorni doʻmbiradek kattaligi uchun laqabi „doʻmbira“ boʻlgan. Bu yerda barpo etilgan qishloqni xalq Doʻmbirobod deb atay boshlagan.

Aholisi Aholisi 7 920 kishi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek 20 dan ortiq millat vakillari yashaydi (2008).

Binolar Mahalla hududida 2 ta oʻrta maktab, 2 ta bolalar bogʻchasi, dorixonalar, savdo doʻkonlari, oshxonalar bor, bolalar sport majmuasi, militsiya tayanch punkti qurilgan. 2-jahon urushi qatnashchisi Usmonxoji Abdullayev mahallaga 43 yil raislik qilgan.

Manbalar

Turkum:Chilonzor tumanidagi mahallalar