Inoqobod mahallasi (8-mart koʻchasi, 57) - Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Mirobod tumanidagi mahalla. Istiqlolobod, Tong Yulduzi, Furqat, Yangi zamon mahallalari bilan chegaradosh. 1976-yildan 2016-yilgacha Bahor mahallasi deb atalgan (bungacha bu joylar Besna koʻchasi deb nomlangan). Oʻsha yili 21-apreldagi Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi qaroriga binoan mahalla nomi Inoqobod deb oʻzgartirilgan. Aholisi 4 000 kishidan ziyod, asosan, 12 millat vakillari yashaydi. Mahalla hududida 8 ta koʻcha, bolalar bogʻchasi, tuman maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji, ARZ-1 korxonasi, yoʻl qurulish tresti, „Baxt“ xizmat koʻrsatish bazasi, oziq-ovqat doʻkoni va boshqalar mavjud.

Manbalar

Turkum:Mirobod tumanidagi mahallalar