Ahillik mahallasi – Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanidagi mahalla. Uygʻonish, Munavvarqori mahallalari bilan chegaradosh. TTZ-2 mavzesiga Yunusobod, Bodomzor, Boʻz dahalaridan va Miroz Ulugʻbek Guldaraxt mahallasidan fuqarolar koʻchib kelishi munosabati bilan 1980-yilda tashkil etilgan. Ular ahil va inoq yashaganlari inobatga olinib, Ahillik mahallasi nomi berilgan. Aholisi 4 900 kishi (2009), koʻp millatli (oʻzbek, rus, koreys, qozoq va boshqalar). Mahalla hududida Shirin bozori joylashgan.
Manbalar
Turkum:Mirzo Ulugʻbek tumanidagi mahallalar