Ahmad Yugnakiy mahallasi (A.Yugnakiy mavzesi, 30-uy) – Oʻzbekiston Respubliksi Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanidagi mahalla. Al-Farobiy, Humoyun, Beshkapa mahallalari bilan chegaradosh. Oʻzbek shoiri, mutafakkir Ahmad Yugnakiy (12- asr oxiri-13-asrlar) sharafiga nomlangan. 1993-yil shu nomda tashkil topgan. Aholisi 4 320 kishi, asosan oʻzbeklar, shuningdek, 18 millat vakillari yashaydi (2009). Mahalla hududida bolalar va oʻsmirlar sport majmuasi bor.

Manbalar

Turkum:Mirzo Ulugʻbek tumanidagi mahallalar