Manbalar
thumb|Amge Guinness rekordlar kitobi xodimlari tomonidan oʻlchanishi Jyoti Kishanji Amge (1993-yil 16-dekabrda tugʻilgan) — Guinness rekordlar kitobiga koʻra dunyodagi eng past boʻyli ayol sifatida tanilgan hind aktrisasi.
2011-yil 16-dekabrda Amge 18 yoshga to‘lgandan so‘ng u Guinness rekordlar kitobi tomonidan rasman dunyodagi eng past bo‘yli ayol deb eʼlon qilingan, boʻyi ni tashkil qiladi. Uning boʻyining cheklanganligi ibtidoiy mittilik deb ataladigan genetik kasallik bilan bogʻliq hisoblanadi.
Amge 2009-yilda Body Shock: Two Foot Tall Teen nomli hujjatli filmda rol ijro etgan. U, shuningdek, Bigg Boss 6 (Katta Xoʻjayin 6), Hindiston telekoʻrsatuvida mehmon ishtirokchisi edi. 2014-yil 13-avgustda u American Horror Story: Freak Show (Amerika qoʻrqinchli hikoyasi: Gʻaroyib tomosha) filmining toʻrtinchi mavsumida Ma Petite (Kichik xonim) rolini oʻynagan.
2012-yilda u dunyodagi eng past boʻyli erkak nepallik Chandra Bahadur Dangi bilan uchrashdi. Juftlik Guinness rekordlar kitobining 57-nashrida birga suratga tushishgan.
OAVdagi chiqishlari Amge, Teo Mammucari, mashhur italiyalik teleboshlovchi bilan birgalikda 2012-yilda Italiyaning Canale 5 kanalida Lo show dei recordni (Rekordlar namoyishi) oʻtkazishgan.
2014-yil avgust oyida Amge American Horror Story: Freak Show (Amerika qoʻrqinchli hikoyasi: Gʻaroyib tomosha) filmida rol o‘ynadi, u yerda u 2014-yil 8-oktyabrda premyerasida Ma Petite (Kichik xonim) rolini ijro etgan. thumb|Lonavalaning Mum muzeyidagi Jyoti Amge haykali. Uning mum haykali Lonavaladagi Mashhurlar mum muzeyida ham mavjud.
Filmografiyasi +Filmlar va televizion chiqishlar roʻyxati Yil Sarlavha Rolda Izohlar 2009 Body Shock Oʻzi Epizod: „Two Feet High Teen“ (2 futli oʻsmir) 2012—2013 Bigg Boss 6 (Katta Xoʻjayin 6) Oʻzi Mehmon sifatida 2014—2015 American Horror Story: Freak Show (Amerika qoʻrqinchli hikoyasi: Gʻaroyib tomosha) Ma Petite (Kichik xonim) 12-qismlarda 2018 Maatharam —Qisqa metrajli film 2020 Dunyodagi eng kichkina ayol: Jyoti bilan tanishing Oʻzi TLC tarmogʻi, 2020-yil iyul oyida efirga uzatilgan
Ijtimoiy yordam Amge Hindistonda COVID-19 qatʼiy izoltasiylash paytida Hindiston fuqarolarini uyda qolishga chorlash uchun Nagpur politsiyasi bilan hamkorlikda ishtirok etgan.
Eng kichkina va eng katta
2024-yil noyabr oyida Londonda Rumeysa Gelgi va Jyoti Amji uchrashib, birgalikda fotosessiyada ishtirok etishgan. Ushbu uchrashuvda ular o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, umumiy qiziqishlari haqida suhbatlashishgan. [
Manbalar
Havolalar
World’s Smallest Woman, Jyoti Amge, releases the World’s Biggest Book in Jaipur City Rediff Slide Show
Turkum:Articles with hCards Turkum:Hindiston hinduiylari Turkum:XXI asr hind aktrisalari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1993-yilda tugʻilganlar Turkum:Guinness rekordlar kitobi