Kotibiy. (Shamsiddin Muhammad) - shoir, munshiy va xattot. XV asr o‘rtalarida Astrobodda vafot etgan. Alisher Navoiy uning “Xamsa” yozishga kirishgani, ammo oxiriga yetmay vafot etgani haqida guvohlik beradi. Boburning “Aruz” risolasida Kotibiyning baytlaridan namunalar keltirilgan. Shuningdek, "Boburnoma"da sermahsul ijodkor Kotibiyning “Maxzanul-asror”ga javoban yozgan dostoni zulbahrayn va zulqofiyatayn ekanligi qayd etilgan.

Adabiyotlar “Boburnoma”. Toshkent. – 2008. A. Navoiy. Majolisun nafois. –Toshkent: Sharq, 1961 Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediya. SHARQ. – T.: 2014.

Turkum:Tarixiy shaxslar