right|thumb|Doimiy ravishda barmoqni so'rish bolalarda yomon odat hisoblanadi, chunki bu tishlarning rivojlanishiga ta'sir qilishi mumkin. Yomon odat - bu salbiydek qabul qilinadigan fe'l-atvor modeli. Odatiy misollar quyidagilarni o'z ichiga oladi: kechiktirish, ortiqcha xarajat va tirnoq tishlash .
Rivojlanish Umuman olganda odatni shakllantirish bo'yicha izlanish insonda o'rtacha 66 kundan keyin yangi odatga ega bo'lishi mumkin. Bu jarayon fe'l-atvorning hech qanday kasallik alomatlari bor bo'lmagan o'sishi bilan belgilanadi, bu vaqt oralig'idan keyin dastlabki tezlanish so`ngi nuqtasida sekinlasha boshlaydi. Rivojlanish davri to`g`risida bir qancha o`zgarishlar mavjud. Yomon odatdan qutulish yoki chekish kabi zararli xatti-harakatlarni o'zgartirish uchun ko'proq vaqt talab qilishi mumkin.
Xohish va maqsad Yomon odatni giyohvandlik yoki ruhiy kasallikdan ajratishning asosiy yo`li iroda kuchidir. Agar odam hali ham o`zining fe'l-atvori ustidan nazoratga ega bo'lsa, bu shunchaki odatdir . Kuchli harakat qilish orqali yomon odatlarning salbiy ta'sirini qisman darajada bartaraf etish mumkin, ammo yomon odatlarni to`laqonli yo`qotish uchun muntazam ravishda qat`iy harakat va qo'shimcha mehnat talab etiladi. Agar insonning irodasi yetarli darajada kuchli bo`lsa, har qanday yomon odatlardan qutulish mumkin.
Oldini olish Yomon odatni to'g'irlashning eng yaxshi davri u paydo bo'lishidan oldin. Ya`ni , bolalik davridayoq kelajakdagi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo`lgan yomon odatlarning rivojlanishini oldini olish yaxshiroqdir.
Davolash
Yomon odatlar shakllanib ulgurga bo`lsa, ularni yo'q qilishning bir qancha usullari mavjud. Masallan, 21 kundan 28 kungacha bo'lgan vaqt mobaynida odatga aylangan harakatlarni o`z holiga tashlamaslik uchun imkon qadar ko'proq harakat qiling va bu odatni bartaraf qilishga urinishingiz oxirida o'zingizni biron narsa bilan mukofotlang. Keyin yana bir hafta borishga harakat qiling, agar odat saqlanib qolsa, jarayonni qayta takrorlang, bu usul yuqori muvaffaqiyat darajasiga ega ekanligi isbotlangan.
Xristianlik nuqtai nazari Xristian dinida gunohni takrorlash yomon odatdir.Bound By Sin (March-July 2019) Buni Hikmatlar kitobida ko'rish mumkin: "O'zining gunohlari uni boshqaradi va u o'z gunohlarining arqoniga mahkam bog'langan". (Hik. 22- oyat. ).
Gippolik Avgustin shunday deydi: "Gunohning takrorlanishi odati gunohkorlarni ko'r holatga olib keladi, shuning uchun ular takror qilayotgan yomonliklarini ham, o'zlariga olib keladigan halokatlarni ham ko'rmaydilar; shuning uchun ular zulmatda yashaydilar, go'yo na Xudo, na Iloh, na jannat ham, do'zax ham, abadiyat ham yo`q."
Ruhoniy Alphonsus Liguori yomon odatning uchta ta'siri borligini aytib o`tadi. 1) Bu fikrlashni sustlashtiradi. 2) Yurakni qattiqlashtiradi. 3) Bu aqliy salohiyatni pasaytiradi.
Bundan tashqari
Giyohvandlik Odat Odatlar Xayolni band qilish Gunoh Zo`ravonlik
Adabiyotlar ro`yxati
Turkum:Oʻrganish Turkum:Odatlar