Real Madrid Club de Fútbol — Ispaniyaning La Ligasida oʻynaydigan futbol klubi. Klub 1902-yilda Madrid shahrining futbol klubi sifatida tashkil etilgan va oʻzining birinchi oʻyinini 1902-yil 13-mayda oʻtkazgan, oʻshanda jamoa Campeonato de Copa de S.M.Alfonso XIII musobaqasi yarim finalida Barselonaga qarshi oʻyinda 3:1 hisobida magʻlub boʻlganhttps://web.archive.org/web/20081229094130/http://www.realmadrid.com/cs/Satellite/en/1202730681095/noticia/Noticia/Real_Madrid_turns_106_%28I%29.htm. Real Madrid jamoasi 1902-yildan 1940-yilgacha Ispaniya kubogi uchun saralash bosqichi sifatida xizmat qilgan turli mintaqaviy turnirlarda boshqa mahalliy klublarga qarshi oʻyinlar olib borgan. 1929-yilda klub Ispaniyaning birinchi milliy ligasi boʻlgan La Liganing asosiy jamoalaridan biriga aylangan. 2022-yil holatiga koʻra, Real Madrid ispan futbolining yuqori ligasidan pastga tushmagan uchta klubdan biri hisoblanadi, qolgan klublar Atletik Bilbao va Barselona klublari hisoblanadihttps://web.archive.org/web/20081229093213/http://www.realmadrid.com/cs/Satellite/en/1202730681768/noticia/Noticia/Real_Madrid_turns_106_(III).htmhttps://en.wikipedia.org/wiki/F%C3%A9d%C3%A9ration_Internationale_de_Football_Association.

1902—1929-yillarda Real Madrid 5 marotaba Qirol kubogi va 15 marta Ispaniya chempionligini qoʻlga kiritgan. Real Madrid La Ligani muvaffaqiyatli boshlagan, musobaqaning birinchi mavsumida ikkinchi oʻrinni egallagan va 1932-yilda birinchi marta La ligada gʻolib boʻlgan. 1947—1948-yilgi mavsumda Madrid oʻn birinchi oʻrinni egallagan, bu esa 2022-yil holatiga koʻra klubning eng yomon pozitsiyasi boʻlib qolmoqdahttps://web.archive.org/web/20090617083811/http://www.lfp.es/Default.aspx?TabId=113. 1950-yillarda Real Madrid toʻrt marta La Liga va besh marta Yevropa kubogini qoʻlga kiritgan. Biroq, klub uchun ichki unvonlar boʻyicha eng muvaffaqiyatli davr 1960-yillarga toʻgʻri keladi, oʻshanda Real Madrid sakkiz marta ichki chempionatda gʻalaba qozongan. Klub 1962-yilda liga chempionligi va mamlakat kubogidagi ilk dublni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, Real Madrid ketma-ket beshta chempionlikni qoʻlga kiritgan yagona ispan futbol jamoasi hisoblanadi. Klub bu muvaffaqiyatga ikki marta erishgan (1960—1965 va 1985—1990)https://www.rsssf.org/tabless/spanchamp.html.

Real Madrid UEFA musobaqalarida eng muvaffaqiyatli klub boʻlib, 24 marta gʻalaba qozongan. Klub ilk bor 1954—1955-yilgi mavsumda Yevropa musobaqalarida qatnashgan. Jamoa 1955—1956-yilgi mavsumda oʻzining birinchi yirik Yevropa chempionligini va ilk Yevropa kubogini qoʻlga kiritgan. Real Madrid Yevropa kubogining dastlabki beshtasida gʻolib chiqgan va keyinchalik yana toʻqqizta chempionlikni qoʻlga kiritgan, oxirgisi 2022-yilda boʻlib, jamoa turnirda eng koʻp gʻalaba qozonish boʻyicha rekord oʻrnatgan. Klub 1984—1985-yilgi mavsumda UEFA kubogini qoʻlga kiritgan va keyingi yili kubokni oʻzida saqlab qolganhttp://www.uefa.com/uefachampionsleague/season=2012/clubs/club=50051/profile/index.html.

Klub 35 marta La Liga chempionligini, 19 marta Ispaniya Kubogini, 12 marta Ispaniya Superkubogini, 1 marta Copa Eva Duarteni, 14 marta Yevropa kubogi/Chempionlar ligasini, 2 marta UEFA kubogini, besh marta Yevropa/UEFA Superkubogini, uch marta Qitʼalararo kubok va besh marta FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionati gʻolibligini qoʻlga kiritganhttps://www.realmadrid.com/en/about-real-madrid/honours/football. Jadvalda klubning 1902-yilda tashkil etilganidan buyon har bir mavsumda erishgan yutuqlari batafsil bayon etilgan.

Klub ketma-ket oʻn yetti mavsum davomida (1953—1954 dan 1969—1970 gacha) kamida bitta sovrinni qoʻlga kiritgan, bu Ispaniya futbolidagi rekord natija hisoblanadi. Jamoaning eng soʻnggi kubogi 2023-yilda beshinchi FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionati kubogi boʻlib turibdi.

Kalit soʻzlar

Liga uchun kalit soʻzlar:

Oʻ = Oʻyinlar; Gʻ = Gʻalaba; D = Durrang; M = Magʻlubiyat; UG = Urilgan gollar; OʻG = Oʻtkazilgan gollar; O = Ochko; Oʻrin = Egallagan oʻrni; Mad. Chem. = Madrid futbol chempionati I = Turnirdagi ishtirok; 1/16 = 1/16 final; 1/8 = 1/8 final; 1/4 = Chorakfinal; 1/2 = Yarimfinal; Fin =Final; Gʻ = Gʻolib; KEK = Kubok egalari kubogi; YeChl = Yevropa Chempionlar kubogi; UK = UEFA Kubogi; CHL = UEFA Chempionlar ligasi; TK = Taskin Kubogi; KED = Evi Duarte Kubogi; LK = Lotin Kubogi; QK = Qitʼa Kubogi; ISK = Ispaniya Super Kubogi; IAK = Ibero-amerika kubogi; USK = UEFA Super Kubogi; KOʻJCH = Klublar oʻrtasidagi jahon chempionati;  — =Turnir oʻtkazilmagan yoki jamoa ishtirok etmagan.

Klub logotipi

Mavsumlar

1929-yilgacha Ispaniyada milliy futbol ligasi yoʻq edi. Real Madrid Campeonato Centro deb nomlangan Madrid mintaqasi chempionatida ishtirok etgan, uning gʻoliblari boshqa mintaqa chempionlari qatori Ispaniya Kubogiga yoʻllanma olganhttps://www.rsssf.org/tabless/span-centrchamp.html. 1929-yilda Ispaniyaning birinchi milliy futbol ligasi boʻlgan La Liga tashkil etilgan, uning asoschilari orasida Real Madrid ham boʻlganhttps://en.wikipedia.org/wiki/Rec. Sport. Soccer_Statistics_Foundation. Klub 1940-yilda tugatilgunga qadar Madrid chempionatida ham qatnashgan. Qirol kubogi La Liga bilan birga davom etganhttps://www.rsssf.org/tabless/spancup1929.html.

GʻolibFinalchiLa Liga eng yaxshi toʻpurari