Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti (DTPI) — Oʻzbekistondagi eng yosh oliy oʻquv yurtlaridan biri; Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi birinchi va hozirda yagona institut. 2020-yilning 17-aprel kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Surxondaryo viloyatida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini kengaytirish va yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga muvofiq Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti faoliyati yo`lga qo`yilgan.
Vebsayt: https://dtpi.uz/ Tarixi
Tashkil qilinishi Prezidentimizning tashabbusi bilan 2020 yilning 17 aprel kuni qabul qilingan “Surxondaryo viloyatida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini kengaytirish va yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” dagi PQ-4681-sonli qarori Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining tashkil etilishiga asos bo`ldi. Ma’lumki, Denov tumani hududida XVI asrda vohada yagona oliy ta’lim maskani sifatida barpo etilgan Said Otaliq madrasasi me’moriy yodgorligi hozirgacha saqlanib qolgan. Oradan 5 asrlik muddat o‘tib, Denovda mazkur oliy ta’lim muassasasi tashkil etilishi bir qator olimlar tomonidan uchinchi Renessasansga qo‘yilayotgan zalvorli qadamlarning biri, ta’bir joiz bo‘lsa, tarixiy adolatning qaror topishi deb hisoblashdi. Denovda oliy ta’lim muassasasining tashkil etilishi o‘z davrining nufuzli oliy ta’lim muassasasi hisoblangan Said Otaliq madrasasidagi ilmiy muhitni rivojlantirish uchun, Surxon vohasining shimoliy hududlari aholisi uchun tom ma’noda ikkinchi imkon bo‘ldi. Shubhasiz, hududda ushbu oliygohga asos solinishi Surxon vohasining shimoliy tumanlarida ta’lim va ilm-fanning yanada rivojlanishida poydevor bo‘ldi.Tadbirkorlik an’analarini ilmiy-innovatsion uslub bilan uyg‘unlashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratilishi esa juda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki butun jahonda malakali mutaxassislarga talab yuqori bo‘layotganiga guvoh bo‘lib turibmiz.
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutini yuqori malakali o‘qituvchilar bilan ta’minlash maqsadida ilk yillarda professor-o‘qituvchilarga bo‘lgan ehtiyoj to‘liq shakllantirilib OAV orqali tanlovlar e’lon qilindi va jami 250 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilarning mutaxassisliklari o‘rganildi. Keyingi yillar Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti (DTPI) — Oʻzbekistondagi birinchi tadbirkorlik nomli istitutlardan biri bo`lib, institut dastlab 2018-yilda Termiz davlat universiteti Denov filiali sifatida mavjud edi. Institut tashkil topganda ham 2 ta fakultet bilan ish boshlagandi. Hozirda esa Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tarkibida 4 ta fakultet, 16 ta kafedra mavjud bo`lib, 24 ta bakalavriat ta’lim yo`nalishi, 12 ta magistratura mutaxassisliklari bo`yicha jami 8212 nafar talaba yoshlarga ta’lim berilmoqda. Professor-o`qituvchilar soni 204 nafarni tashkil etadi, shundan 6 nafari fan doktori (Dss), ilmiy darajaga ega bo`lmagan 1 nafar professor, 44 nafar fan nomzodi (PhD), 154 nafari o`qituvchilar bo`lib, ilmiy salohiyat 36,4 foizni tashkil etmoqda. Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida Filologiya,Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti, Pedagogika, Aniq va tabiiy fanlar fakultetlari faoliyat yuritmoqda. Ularda jami 8212 nafar talaba tahsil olmoqda. Institut 24 taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar, 12 mutaxassislik boʻyicha magistrlar tayyorlaydi, 17 mutaxassislik boʻyicha doktorantura mavjud. Talabalarning puxta bilim olishlari uchun dars jarayonlarini sifatli tashkil etish maqsadida 334 ta videodarslar, 855 taqdimotlar, 2057 ta elektron o‘quv adabiyotlar, 697 ta ma’ruza matnlari va glossariylar, oraliq nazorat savollari, test savollari bilan masofaviy ta’lim platformasi foydalanuvchilar soni bo‘yicha respublikadagi OTMlar orasida kuchli 20 talikdan o‘rin egalladik. Bugungi kunda ARM fondidagi mavjud 13174 nomdagi adabiyotlarning 84,9% elektron shaklga o‘tkazilgan. ARM WI-FI tarmog‘iga ulangan.
Institutning ijtimoiy va xalqaro faoliyati Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Turkiyaning Tokat Gaziosmanpashsha, Belorussiyaning Minsk, Xitoyning Bejing va grafika, Rossiyaning Moskva lingvistika, Oltoy, Adigey, Ulyanovsk, Qirg‘izistonning Botken, Tojikistonning Osimi nomidagi Texnika, Moliya va iqtisodiyot, Ayniy nomidagi universitetlari bilan keng hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
2022-2023 o‘quv yilida Germaniya, Xitoy, Turkiya, Polsha, Janubiy Koreya va boshqa xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy ta’lim muassassalari, ilmiy markazlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi hamda 2022-2023 o‘quv yilida Yevropa, Osiyo oliy ta’lim muassassalari bilan ta’limning turli sohalari bo‘yicha 10 dan ziyod hamkorlik shartnomalari tayyorlandi va imzolandi.
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti va Oltoy davlat universiteti o‘rtasida kelishuv asosida 2022/2023 o‘quv yilida qo‘shma dastur (1+1) magistrutura qabul jarayoni tashkil etildi. Rossiya davlatining bir nechta Moskva lingvistika universiteti, Oltoy davlat universiteti va Adigey davlat universitetlari bilan Talabalarning mobillik almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Bugungi kunda DTPIning axborot resurs markazi fondi 60078 dona, 40105 nomda darslik, o‘quv qo‘llanmalar, badiiy, xorijiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar, shu jumladan elektron kitoblar bilan boyitildi. Shu bilan bir qatorda, Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining yangi ARM binosi qurib bitkazilgan bo‘lib, bugungi kunda o`zining samarali faoliyatini olib bormoqda. Shuningdek, respublikamizning tajribali professor o‘qituvchilari va mutaxassislari ishtirokida onlayn seminar-treninglar, nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni olib borish orqali tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yilganligi buyuk ajdodlarimizning vorislarini tarbiyalashda o‘z xizmatini ko‘rsatmoqda.
Talabalarga zamonaviy ilm olishlari, intellektual va jismoniy rivojlanishlari uchun to‘liq sharoitlar yaratishlar ustida olib borilgan qator samarali ishlar natijasi o‘laroq, 2023-yilning 27-yanvar kuni 2021-2022 yillar davlat investitsiya dasturi doirasida (jami 63 mlrd 279 mln so‘mlik) bunyod etilgan 1200 o‘ringa ega zamonaviy o‘quv bino, 750 o‘ringa ega talabalar turar joyi, undan tashqari barcha zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan Raqamli iqtisodiyot markazidan iborat o‘quv kompusi foydalanishga topshirilgani oliygohimiz tarixida muhim voqea bo‘ldi.
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida „Tadbirkorlik va pedagogika“ ilmiy-uslubiy jurnali (2023) chiqadi. Institut oʻz bosmaxonasiga ega boʻlib, unda har yili prof, oʻqituvchilarning 100 ga yaqin ilmiy asar va oʻquv metodik adabiyotlari nashr etiladi.
Rektorlar 2020-2024 — Raximov Gʻanisher Xudoyqulovich 2024-h.v – Ruziyev Oybek Abdimuminovich
Rahbariyat va professor-oʻqituvchilar tarkibi
Rahbariyat
Rektor – Ruziyev Oybek Abdimuminovich Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor – v.b. Djoʻrayev Baxtiyor Rajabovich Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor – Allayorova Solixa Narzulloyevna Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor – Shukurov Rustam Eshonkulovich Moliya-iqtisod ishlari boʻyicha prorektor – Tursunov Dilmurat Xolmuratovich
Professor-oʻqituvchilar tarkibi
Namazov Shafoat Sattorovich – kimyo fanlari doktori, professor, akademik Mamajonov Raxmatullo Yakubjonovich – texnika fanlari doktori, dotsent Allayarova Solixa Narzulloyevna – pedagogika fanlari doktori, dotsent Eshqorayev Ulugʻbek Choriyevich – texnika fanlari nomzodi, dotsent Umarov Baxtiyor Raxmatovich – Biologiya fanlar nomzodi, dotsent Musurmonqulova Madina Nosirovna – pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori, dotsent Sobirova Mavjuda Roʻziyevna – pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori, dotsent Davlatbekov Akimbek Avalbekovich – fizika-matematika fanlari boʻyicha falsafa doktori, dotsent Ismatov Sunnatullo Shamsullayevich – texnika fanlari nomzodi, dotsent Bozorov Ruslan Hamdamovich – iqtisod fanlari boʻyicha falsafa doktori, dotsent Yakubova Dilaram Tadjiyevna – tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori, dotsent Xoʻjanova Tamara Joʻrayevna – falsafa fanlari boʻyicha falsafa doktori, dotsent
Fakultetlar
Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Filologiya fakulteti Pedagogika fakulteti Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti
Kafedralar
Boshlang'ich ta'lim metodikasi Pedagogika va psixologiya Tarix va falsafa Rus tili va adabiyoti Umumiy fizika va qurilish muhandisligi Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiyalar Maktabgacha ta'lim Moliya va bank ishi Axborot texnologiyalari Jismoniy tarbiya va sport Xorijiy til va adabiyoti: Quyi kurslar Xorijiy til va adabiyoti: Yuqori kurslar Raqamli iqtisodiyot Oliy matematika O'zbek tili va adabiyoti Biologiya va qishloq xo'jalik maxsulotlari texnologiyalari
Bakalavr yoʻnalishlari
Kunduzgi # Shifr Taʼlim yoʻnalishi nomi160110100Pedagogika260110200Maktabgacha ta’lim360110500Boshlang‘ich ta’lim460110600Matematika va informatika560111300Musiqa ta’limi660111700O‘zga tilli guruhlarda rus tili760111800Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili860112200Jismoniy madaniyat960220300Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)1060230100Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili1160310100Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)1260410100Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)1360410400Moliya va moliyaviy texnologiyalar1460410500Bank ishi va auditi1560411300Biznesni boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha)1660510100Biologiya (turlari bo‘yicha)1760530100Kimyo (turlari bo‘yicha)1860530900Fizika1960540100Matematika2060610500Kompyuter injiniringi ("Kompyuter injiniringi", "AT-Servis", "Axborot xavfsizligi", "Multimedia texnologiyalari")2160710100Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)2260730300Qurilish muhandisligi: bino va inshootlar qurilishi2360811300Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha)2461010400Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha )
Sirtqi # Shifr Taʼlim yoʻnalishi nomi160110200Maktabgacha ta’lim260110500Boshlang‘ich ta’lim360111300Maktabgacha ta’lim460110600Boshlang‘ich ta’lim560220300Musiqa ta’limi660310100Matematika va informatika760410100Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)860410400Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)960410500Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)1060510100Moliya va moliyaviy texnologiyalar1160610500Bank ishi va auditi1260230100Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili
Kechki # Shifr Taʼlim yoʻnalishi nomi160111700O‘zga tilli guruhlarda rus tili260111800Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
Magistratura yoʻnalishlari # Shifr Taʼlim yoʻnalishi nomi170110102Pedagogika va psixologiya270110501Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)370111401O‘zbek tili va adabiyoti470111501Ona tili va adabiyoti (tillar bo‘yicha)570111801Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili670220301Tarix (yo‘nalishlar va faoliyat turi bo‘yicha)770310102Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)870411302Biznesni boshqarish (Master of Business Administration — MBA)970510101Biologiya (fan yo‘nalishi bo‘yicha)1070530101Kimyo (fan yo‘nalishi bo‘yicha)1170530901Fizika (yo‘nalishlar bo‘yicha)1270540101Matematika (yo‘nalishlar bo‘yicha)1370610101Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari
Havolalar
Institutning veb sahifasi Institutning telegramdagi rasmiy kanali Institutning facebookdagi rasmiy sahifasi Institutning instagramdagi rasmiy sahifasi Institutning YouTube dagi rasmiy sahifasi
Talabalar hayoti va yutuqlari
Galereya
Manbalar
Turkum:Oʻzbekistondagi institutlar Turkum:Denov tumani