Michael Dean Cohen (1966-yil 25-avgustda tugʻilgan) — 2006-yildan 2018-yilgacha AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning advokati vazifasini bajargan amerikalik sobiq advokat. Cohen Trump tashkilotining prezident oʻrinbosari va Trampning shaxsiy maslahatchisi boʻlgan. U Trump Entertainmentda ishlagan va Eric Tramp Jamgʻarmasi nomli bolalar salomatligi uchun ochilgan xayriya tashkiloti aʼzosi edi. Cohen 2017-yildan 2018-yilgacha Respublika Milliy qoʻmitasi moliya raisi oʻrinbosari vazifasida faoliyat yuritgan.

2018-yil 12-dekabrda Cohen uch yilga federal qamoq jazosiga hukm qilindi va bir qancha qonunlarni buzganlikda ayblanib, 50 ming dollar jarima to‘lashga majbur bo‘ldi. U 2019-yil 26-fevralda Nyu-York Oliy sudining apellyatsiya bo‘limi tomonidan Nyu-York shtatida advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etildi. 2019-yil 6-may kuni u Otisvil, Nyu-York yaqinidagi federal qamoqxonaga jazo oʻtash uchun joʻnatildi.

Shaxsiy hayot va taʼlim Cohenning yoshligi Nyu-Yorkning Long-Aylenddagi Lourens shahrida oʻtganNathan-Kazis, Josh (July 20, 2015). „Meet Michael Cohen, Donald Trump’s Jewish Wingman“. The Forward. Archived from the original on January 8, 2016. Retrieved January 15, 2016.. Uning onasi hamshira, otasi esa jarroh edi. Yahudiy millatiga mansub boʻlgan Cohen Vudmer akademiyasida tahsil oladi va 1988-yilda Amerika universitetida bakalavriat bosqichini yakunlab, 1991-yilda Tomas M. Kuli yuridik maktabida YD(Yuridik Doktor) darajasini olgan. left|thumb|250x250px|Michael Cohenning 2011-yildagi surati

Manbalar

Havolalar

Appearances on C-SPAN

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1966-yilda tugʻilganlar