Emancipation — 2022-yilda Antuan Fukua tomonidan suratga olingan tarixiy jangovar film. Filmda 1860-yillarda Luiziana shtatida oʻz plantatsiyasidan qochgan qul sifatida bosh rolni Uill Smit ijro etgan. Uilyam N. Kollaj tomonidan yozilgan film ssenariysi sobiq qul Gordonning (filmda „Piter“ nomi bilan atalgan) hayotiy hikoyasi va uning nozir tomonidan qattiq kaltaklangan holatdagi yalangʻoch fotosuratlariga asoslangan. 1863-yilda butun dunyo boʻylab boshlangan abolitsionizm harakati Amerika qulligining shafqatsizligini isbotladi. Filmda Ben Foster va Charmeyn Bingva ham rol oʻynagan.

"Emancipation" filmining ilk namoyishi 2022-yil 1-oktabrda Vashingtonda boʻlib oʻtdi. 2022-yil 2-dekabrda maxsus kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi. Apple TV+ tomonidan 2022-yil 9-dekabrda striming chiqishi amalga oshirilgan. Filmni tanqidchilar turlicha eʼtirof etishdi.

Syujeti 1860-yillarda afro-amerikalik qul Piter Luizianada qullikdan qochadi.

Kasting

Will Smith Peter rolida Ben Foster Fassel rolida Charmaine Bingwa Dodienne rolida Steven Ogg Serjant Howard rolida Mustafa Shakir Andre Cailloux rolida Timothy Hutton Senator John Lyons rolida Gilbert Owuor Gordon rolida Grant Harvey Leeds rolida Ronnie Gene Blevins Harrington rolida Jabbar Lewis Tomas rolida Michael Luwoye John rolida Aaron Moten Knowls rolida Imani Pullum Betsy rolida

Tasvirga olish 2020-yil 15-iyun kuni Antuan Fukua Uilyam N. Kollajning maxsus ssenariysi asosida "Emancipation" filmini suratga olishni boshladi. Bosh rol uchun Uill Smit tanlandi. 2018-yilda film gʻoyasi ustida ishlay boshlagan prodyuser Joi Makfarlend ssenariy yozish uchun Kollajni yolladi. Filmni suratga olish jarayonlari haqida Fuqua shunday fikr bildirgan:Warner Bros, MGM, Lionsgate va Universal Picturesni film namoyish huquqiga egalik qilish uchun taklif qilishdi. Oxir-oqibat ushbu huquqni Apple 130 million dollardan koʻproq narx evaziga qoʻlga kiritdi. 2021-yil avgust oyida Ben Foster, Charmeyn Bingva, Gilbert Ovuor va Mustafo Shakir aktyorlar tarkibiga qoʻshildi. Smit filmdagi roli uchun 35 million dollar ishlab oldi.

Asosiy suratga olish ishlari 2021-yil 3-mayda Los-Anjelesda boshlanishi rejalashtirilgan edi. Jarayon 2021-yilning 21-iyunida Jorjiyada boshlanishi belgilandi. 2021-yilgi Saylovning halollik toʻgʻrisidagi qonuni tufayli 12-aprelda filmning boshqa joyda suratga olinishi eʼlon qilindi. Smit va Fuqua qoʻshma bayonotda shunday dedilar: „Biz saylovchilar kirishini cheklash uchun moʻljallangan regressiv ovoz berish qonunlarini qabul qiladigan hukumatga iqtisodiy yordam bera olmaymiz“. Suratga olish joyini koʻchirish taxminan 15 million dollarga tushgani xabar qilingan. Suratga olish ishlari 2021-yilning 12-iyulidan 21-avgustiga qadar Yangi Orleanda boʻlib oʻtishi eʼlon qilindi. 2-avgust kuni bir nechta ijobiy COVID-19 testlari natijasida suratga olish ishlari besh kunga toʻxtatildi. Noyabr va dekabr oylarida film uchun qoʻshimcha kasting eʼlon qilindi.

Namoyish 2022-yil 1-oktabrda Vashingtonda boʻlgan Kongress Qora Kokus jamgʻarmasining 51 yillik qonunchilik konferensiyasida "Emancipation" filmi namoyishi boʻlib oʻtdi. Premyeradan keyingi savol-javob muhokamasi uchun Smit va Fuqua ishtirok etdi. Shuningdek, film Los-Anjelesda 2022-yil 24-oktabrda namoyish etildi. Film premyerasi 2022-yil 2-dekabrda kinoteatrlarda ham boʻlib oʻtdi, soʻngra 9-dekabrda Apple TV+da chiqdi.

2022-yilning may oyida filmning namoyishi 2023-yilga kechiktirilgani haqida xabar berilgan edi. Bunga koʻplab ishlab chiqarish kechikishlari, Smitning 94-Oskar mukofotlari marosimida Kris Rokni urishi haqidagi bahs-munozaralar va Apple tomonidan taqdim etilgan filmlarning tigʻiz jadvali sabab boʻlgan. Keyinchalik u 2022-yil dekabr oyiga koʻchirildi.

Qabul Film haqida Rotton Tomatoes web-saytida 40 nafar tanqidchilar sharhlar qoldirishgan. Ulardan 50%i ijobiy fikr boʻlib, oʻrtacha hisobda 6,1/10 ball toʻpladi. Veb-saytda shunday deyilgan: „Emancipation filmi jangovar film hisoblanadi va real hayot voqealari aks etgan“. Bu filmga 18 nafar tanqidchilar 100 balldan 57 ball berishdi.

Manbalar

Turkum:Apple TV+ original filmlari Turkum:IMDb identifikatori Vikimaʼlumotlardagisi bilan ayni boʻlgan sahifalar Turkum:2022-yil filmlari Turkum:Antoine Fuqua filmlari Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar