Toʻlqin Hayit, (1957-yil 15-noyabr, Sariosiyo tumani, O'zbekiston SSR) — yozuvchi, ssenariynavis, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining aʼzosi (1998-yildan), Oʻzbekiston Respublikasi FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi katta ilmiy xodimi, „Eng ulug‘, eng aziz“ Respublika ko‘rik-tanlovining g‘olibi (2009), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (2011), Qirg‘iziston Respublikasi FA ning Xalqaro Chingiz Aytmatov nomidagi mukofot sovrindori (2020). "Mehnat shuhrati" ordeni sohibi (2026-yil 22-avgust).

Hayoti va taʼlimi To‘lqin Hayit 1957-yil 15-noyabrda Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani Dashnobod qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Hayitovlar oilasida dunyoga kelgan. 1975—1981-yillarda Respublika rus tili va adabiyoti institutining rus tili va adabiyoti fakulteti talabasidir. 1981—1985-yillarda Surxondaryo viloyat, Sariosiyo tumani, 79 maktabda o‘qituvchilik qilgan. 1985—1991-yillarda „Yosh leninchi“ gazetasi musahhihi, bo‘lim mudiri boʻlib ishlagan. 1991—1992-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi masʼul kotibi, 1993—2006-yillarda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bosh direktori o‘rinbosari, bosh muharriri, katta muharriri, televideniye guruhi rahbari. 2006—2012-yillarda „O‘zbekiston“ nashriyot-matbaa ijodiy uyi „Tong yulduzi“ gazetasi bosh muharriri. 2012—2013-yillarda „Tengdosh“ gazetasi bosh muharriri. 2013-yildan buyon Oʻzbekiston Respublikasi FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi katta ilmiy xodimi lavozimida ishlab kelmoqda.

Asarlari „Meni kechir, bolajon“ (1991), „Dashnobod hangomalari“ (1992), „Vafo malikasi“ (2005), „Qora Shahzoda“ (2007) nasriy asarlari va „Ulug‘ Amir o‘gitlari“ (2004), „Shohi Zinda“ (2005), „Amir Temur haqida hikoyalar“ (2009) kabi tarixiy janrdagi asarlari chop etilgan.

Roʻyxati +N.Asar nomiAsar turi va mavzusiNashr etilgan yili, joyi va nashriyotiAdadi1.Meni kechir, bolajon!Voqeiy hikoyalar va badialar1991-y., Toshkent „O‘zbekiston“, nashriyoti.20 ming nusxa.2.Dashnobod hangomalariHikoyalar va latifalar1992-y., Toshkent, G‘.G‘ulom nashriyoti10 ming nusxa.3.Turon tunlariRoman1996-y., Toshkent, „O‘zbekiston“ nashriyoti5000 nusxa.4.Ulug‘ Amir o‘gitlariRisola, F.Nabiyeva bilan hamkordikda2003 y, Toshkent, „Navro‘z“ nashriyoti1000 nusxa.5.Shohi ZindaRisola2005 y, Toshkent, „Yangi asr avlodi“ nashriyoti 4000 nusxa.6.Vafo malikasi romanining yozilish tarixiRisola1996-y „O‘zbekiston“, Toshkent, nashriyoti. 2-nashri: „Yangi asr avlodi“.5000 nusx. 1000 nusxa7.Qora shahzodaRoman2008-yil, Toshkent „Sharq“ NMAK.5000 nusxa.8.Boyvachchaning qiziQissa va hikoyalar.1 nashri — 2008 y, Toshkent „O‘zbekiston“ NMIU 2 nashri — 2013-y, Toshkent „O‘zbekiston“ NMIU3000 nusxa3000 nusxa.9.Amir Temur haqida hikoyalarHikoyalar2009-y, Toshkent, „O‘zbekiston“ NMIU3000 nusxa.10.Odamning yaxshisiHikoyalar2011-y, Toshkent „Movarounnahr“ nashriyoti500 nusxa.11Bahouddin Naqshband yohud Buroq vodiysi qissasiRoman2014-yil, Toshkent, „Yangi asr avlodi“5000 nusxa12.Amir Temur xazinasiKichik qomusiy kitob 2015-y., Toshkent, „Yangi nashr“.3000 nusxa.13.Temuriy ijodkorlarRisola2016-y., Toshkent, G‘.G‘ulom nomidagi NMIU500 nusxa.14.Buyuk salohiyat sohibiAmir Temurning yoshlik yillari haqida hikoyalar.2016 y, Toshkent, „O‘qituvchi“ NMIU3000 nusxa.15.Amir Temur qalbida chaqnagan nurSuhbat-kitob2016-y, Toshkent „O‘qituvchi“ NMIU.—16.Baqo guliRoman"Sharq" NMAKda nashr etilmoqda.—

Oilasi Otasi — Hayitov Mingboy 1924-yil, Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanida tugʻilib, 1994-yilda vafot etgan. Sariosiyo tuman Dashnobod davlat xo‘jaligi ishchisi boʻlgan.

Onasi — Hayitova (Muhammadiyeva) Sora 1932-yil, Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanida tugʻilgan. Uy bekasi boʻlgan. 2010-yilda vafot etgan.

Turmush o‘rtog‘i — Hayitova (Tursunova) Muazzam Kenjayevna 1961-yil, Surxondaryo viloyati Toshkent shahar „Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi“ nashriyoti muharriri.

O‘g‘li — Hayitov Umid To‘lqinovich. 1986-yil, Surxondaryo viloyati, Yangi O‘zbekiston nashriyoti direktori.

Qizi — Hayitova Sevara To‘lqinovna. 1988-yil, Surxondaryo viloyati. Uy bekasi.

Qizi — Hayitova Saodat To‘lqin qizi. 1994-yil, Surxondaryo viloyati. Uy bekasi.

Qizi — Hayitova Maxfuza To‘lqin qizi. 1998-yil, Surxondaryo viloyati, Temuriylar tarixi davlat muzeyi rassom-dizayneri.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar Turkum:Jurnalistlar Turkum:Oʻzbekistonlik yozuvchilar