Marko Kolaković (; 1993-yil 9-fevralda tugʻilgan) – serbiyalik professional futbolchi. Serbiya Superligasi ishtirokchisi „Javor Ivanjica“ klubida, himoyachi ampulasida oʻynaydi.

Professional karyerasi Kolakovich oʻzining professional faoliyatidagi debyutini 2011—2012-yilgi mavsumda, Javor Ivanjica klubi tarkibida oʻtkazgan. Marko bu klubda 8 mavsum davomida oʻtkazgan. 2012—2013-yilgi qishki transfer oynasida u Serbiya ligalar tizimining toʻrtinchi toifasida ishtirok etuvchi „Rudar Kostolac“ jamoasiga ijaraga berilgan va bir yil davomida oʻynagan. Ijara muddati yakunlagach, 2013—2014-yilgi qishki transfer oynasida Kolaković yana Javor Ivanjica safiga qaytgan.

2020-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Superligasida ishtirok etuvchi Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Jizzax klubi tarkibida 4 mavsum davomida oʻynagan. Bu davrda Marko, „Soʻgʻdiyona“ jamoasi tarkibida 2021-yilgi mavsum Oʻzbekiston Superligasida ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan va 2022-yilgi mavsumda AFC kubogida ishtirok etgan. 2024-yilgi mavsum oldidan Jizzax jamoasi bilan shartnomasi yakunlangan va klubni tark etgan.

2024-yilgi mavsum avvalida sobiq ustozi Ulugʻbek Baqoyev taklifiga binoan „Buxoro“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

Karyera statistikasi KlubMavsumLigaKubokQitʼaBoshqaJamiDivizionIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarJavor Ivanjica2011–12SuperLiga1000––––102012–131000––––10Rudar Kostolac2012–13Serbiya Gʻarbiy ligasi12000––––1202013–1414300––––143Javor Ivanjica2013–14SuperLiga2000––––202014–15First League26010––––2702015–16SuperLiga13110––––1412016–176020––––802017–1820030––––2302018–19First League35100––––3512019–20Superliga19100––––191Jami149670––––1566Sogdiana2020Superliga23300––––233202124150––––29120222515161––293202324132––Jami96613361––11510Buxoro2024Pro liga23630––––256Jami2681823361––29722

Yutuqlar Klub Buxoro Oʻzbekiston Kubogida ikkinchi oʻrin: 2025 Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: 2024 Soʻgʻdiyona Oʻzbekiston Superligasida ikkinchi oʻrin: 2021 Manbalar

Havolalar

Marko Kolaković Utakmica.rs saytida Marko Kolaković Transfermarkt saytida Marko Kolaković OʻzPFL saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Serbiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:FK Javor Ivanjica futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Serbiya birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Serbiya Superligasi futbolchilari Turkum:Serbiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar