Muhammad Hamaviy. To‘liq ismi Sa’diddin Muhammmad ibn Muydin ibn Abubakr ibn Husayn ibn Muhammad Hamaviy. XIII asrda Xurosonda tug‘ilgan. U Aziziddin Nasafiyning shogirdi. Ilmi va amali tufayli Najmiddin Kubro va Shahobiddin Suhravardiylarning xalifalaridan hisoblanadi. Hamaviy o‘zidan “Sajnajil...”, “Sakinat al-solihiyn”, “Mahjub al-muhibbin va matlub al-vosilin” nomli risolalari, arab va forsiy tildagi she’rlar majmuini bizga meros qilib qoldirgan.
Adabiyotlar H.Homidiy. Tasavvuf allomalari. Sharq. Toshkent. 2009.
Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Islom:Shaxslar Turkum:Tarixiy shaxslar