Ulugʻbek Ubaydullayevich Rozukulov – oʻzbek diplomati va iqtisodchisi. 2018—2023-yillarda Oʻzbekistonning Indoneziya va Vyetnamdagi elchisi, OTIHTdagi vakili boʻlgan.
Biografiyasi 1969-yil 3-mayda Toshkent viloyati Toʻytepa shahrida tugʻilgan.
Taʼlim 1991-yilda Moskva davlat universiteti iqtisodiyot fakultetini tamomlagan. Iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega.
1996-yilda Rossiya fanlar akademiyasi iqtisodiyot institutining aspiranturasini tugatgan.
Mehnat faoliyati 1992—1997 – Rossiya fanlar akademiyasi iqtisodiy tadqiqotlar instituti ilmiy xodimi.
1997—1998 – Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining gʻaznachilik bosh boshqarmasi rahbari.
1998—2003 – Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining valyuta-iqtisodiyot bosh boshqarmasi rahbari.
2003—2005 – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tashqi iqtisodiy aloqalar departamenti rahbari.
2005—2006 – Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari.
2006-yilda – Oʻzbekiston Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar boʻyicha Birlashgan tahliliy departamenti direktori.
2006—2007 – O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ijrochi direktori.
2007—2017 – Oʻzavtosanoat kompaniyasi boshqaruv raisi.
2008—2017 – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – „Oʻzavtosanoat“ aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi, eksport salohiyatini, mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi rahbari.
2011—2017 – Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori.
2017—2018 – Oʻzbekiston havo yoʻllari milliy aviakompaniyasi Bosh direktori.
2018—2023 – Oʻzbekiston Respublikasining Indoneziya Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi.
2019—2023 – Oʻzbekiston Respublikasining Vyetnam Sotsialistik Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi.
2019—2023 – Oʻzbekiston Respublikasining Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik tashkilotidagi favqulodda va muxtor elchisi.
2023-yildan – Oʻzavtosanoat kompaniyasi boshqaruv raisi.
Mukofotlari
2011-yilda Mehnat shuhrati ordeni bilan taqdirlangan. 2026-yilda Doʻstlik ordeni bilan taqdirlangan. Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Moskva davlat universiteti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekistonning Indoneziyadagi elchilari Turkum:Oʻzbekistonning Vyetnamdagi elchilari