Al-Mutazid (toʻliq ismi: Abul Abbos Ahmad ibn Talha al-Muvaffaq, qisqartirib Abul Abbos deyilgan; ; 857 — 902-yil 5-aprel) — Abbosiylar xalifaligi xalifasi. 892-yildan 902-yilgacha (vafotiga qadar) xalifalik qilgan.

Al-Mutazid xalifa al-Muʼtamid davrida Abbosiylar davlatining regenti va boshqaruvchisi boʻlgan al-Muvaffaqning oʻgʻlidir. Al-Mutazid yoshlik chogʻlarida turli harbiy yurishlarda, xususan, Zanjilar qoʻzgʻolonini bostirilishida otasining xizmatida boʻlgani uning kelajagida muhim rol oʻynagan. 891-yil iyun oyida al-Muvaffaq vafot etgach, al-Mutazid regent etib tayinlangan. 892-yil oktyabr oyida al-Muʼtamid vafot etgach, al-Mutazid amakivachchasi va merosxoʻr al-Muvaffidni chetlab oʻtib, taxtga oʻtirgan. Otasi kabi al-Mutazidning qudrati bevosita qoʻshin bilan munosabatlariga bogʻliq boʻlgan. Munosabatlar dastlab Zanjga qarshi harbiy yurish davrida soxtalashtirilsa-da, lekin shaxsan xalifaning oʻzi boshqargan keyingi harbiy harakatlarda yanada mustahkamlangan. Al-Mutazid Abbosiy xalifalar ichida eng faol harbiy yurishlar qilgan xalifa hisoblanadi. Xalifa oʻz kuch-gʻayrati va qobiliyati bilan Abbosiylar davlati bir necha oʻn yilliklarda davom etgan notinchliklar sabab yoʻqotgan qudrati va hududning bir qismini qayta tiklashga muvaffaq boʻlgan.

Bir qator yurishlarda Jazira, Tugʻur va Jibal viloyatlarini qoʻlga kiritib, sharqda Safforiylar, gʻarbda Tuluniylar bilan yaqinlashgan. Ushbu muvafaqqiyatlar xalifalik hukmronligini nominal boʻlsa-da tan olinishini taʼminlagan. Davlat iqtisodining asosiy qismini qoʻshinni saqlash uchun yoʻnaltirish evaziga harbiy muvaffaqqiyatlarga erishgan. Bu esa markaziy fiskal byurokratiyaning kengayishiga va hokimiyat tepasiga qadar koʻtarilishiga olib kelib, xalifaning obroʻsiga doimiy hissa qoʻshgan.

Al-Mutazid jinoyatchilarni jazolashda shafqatsizligi bilan mashhur boʻlgan. Keyingi yilnomachilar uning qiynoqlardan keng va mohirona foydalanganini qayd etganlar. Mutazid hukmronligi davrida poytaxt Bagʻdodga koʻchirilib, shaharda doimiy ravishda yirik qurilish ishlari amalga oshirilgan. U anʼanaviy sunniylikning qatʼiy tarafdori boʻlsa-da, Alilar bilan ham yaxshi munosabatlarni saqlab qola olgan. Tabiiy fanlarga qiziqish bildirib, olimlarga xalifa homiyligini tiklagan.

Muvaffaqiyatlarga qaramay, al-Mutazidning hukmronligi oxir-oqibat xalifalik taqdirini yaxshi tomonga oʻzgartirish uchun juda qisqalik qilgan. U boshchilik qilgan tiklanish jarayoni davlat boshqaruvida qobiliyatli shaxslarning mavjudligiga ham bogʻliq edi. Xalifaning qobiliyatsiz oʻgʻli va merosxoʻri al-Muktafiyning qisqa muddatli hukmronligi davrida ham baʼzi katta yutuqlarga erishilgan. Xususan, Tuluniylar mulki qoʻshib olingan, ammo keyingi vorislari davrida mamlakat zaiflashib, qarmatiyaliklar kabi yangi dushmanlar paydo boʻlgan. Bundan tashqari, al-Mutazid hukmronligining keyingi yillarida yaqqol namoyon boʻlgan byurokratiya ichidagi firqachilik abbosiylar hukumatini bir necha oʻn yillar davomida zaiflashtirib, oxir-oqibat xalifalikning bir qator harbiy kuchlar oʻrtasida taqsimlanishiga olib kelgan. Tarqoqliklar natijasida 946-yilda Buvayhiylar Bagʻdodni bosib olishgan.

Tarjimai holi alt=Family tree, with the caliphs marked in green|right|thumb| 9-asr oʻrtalari va oxirlarida Abbosiylar sulolasining shajarasi Al-Mutazid Abbosiylar xalifasi al-Mutavakkil (847—861) va Dirar ismli yunon qulining farzandi. Tugʻilgan sanasi aniq emas. Chunki hokimiyatga kelgan vaqtda oʻttiz sakkiz yoki oʻttiz bir yoshda boʻlganligi sababli 854 yoki 861-yillarda tugʻilgan deb taxmin qilinadi. 861-yilda al-Mutavakkil toʻngʻich oʻgʻli al-Muntasir (861—862) bilan til biriktirgan turk qoʻriqchilari tomonidan oʻldirilgan. Bu fitna xalifalik poytaxtida „Samarradagi anarxiya“ deb nomlanuvchi ichki tartibsizliklar davrini boshlab berdi. Anarxiya davri 870-yilda Ahmadning amakisi al-Muʼtamidning (870—892) hokimiyatga kelishi bilan yakunlandi. Biroq, haqiqiy hokimiyat elita turk qul askarlari () va Ahmadning otasi Talhaga tegishli edi. Talha xalifalikning bosh harbiy qoʻmondoni sifatida hukumat va turklar oʻrtasida bosh vositachi edi. Xalifalik anʼanasiga binoan al-Muvaffaq nomini olgan Talha tez orada xalifalikning rasmiy hukmdori boʻldi. Talhaning lavozimi 882-yilda al-Muʼtamidning Misrga qochishga boʻlgan muvaffaqiyatsiz urinishidan soʻng uy qamogʻiga olinishiga sabab boʻlgach, yanada mustahkamlandi.

Viloyatlardagi xalifa hokimiyati „Samarradagi anarxiya“ davrida quladi. Natijada 870-yillarga kelib markaziy hukumat Iroq poytaxti hududidan tashqaridagi xalifalikning katta qismi ustidan nazoratni yoʻqotdi. Gʻarbda Misr turk qul askari Ahmad ibn Tulunning nazorati ostiga oʻtdi. Ahmad ham Suriyani nazorat qilish masalasida al-Muvaffaq bilan kurash olib bordi. Xuroson va Islom Sharqining katta qismi Fors sulolasi boʻlgan Safforiylar tomonidan bosib olingan edi. Safforiylar abbosiylarning sodiq noiblari Tohiriylar oʻrnini egallagan edi. Arabiston yarim orolining katta qismi xuddi shunday mahalliy hukmdorlar qoʻl ostida boʻlsa, Tabaristonda radikal Zaydiy shia sulolasi hokimiyatni qoʻlga oldi. Hatto Iroqda ham Quyi Iroq plantatsiyalarida ishlash uchun olib kelingan afrikalik qullar Zanj qoʻzgʻolonini boshlashgan. Ushbu qoʻzgʻolon Bagʻdodning oʻziga ham tahdid solgan. Janubda esa qarmatiyaliklar tahdid sifatida paydo boʻlgan edi. Al-Muvaffaqning hukmronligi shu tariqa barbod boʻlayotgan xalifalikni qulashdan saqlab qolish uchun davomli kurashlarda oʻtdi. Xalifaning Misr va Suriya ustidan nazoratni Ibn Tulundan qaytarib olishga urinishlari muvafaqqiyatsiz boʻldi. Ibn Tulun hatto oʻz hududini kengaytirib, merosxoʻr hukmdor sifatida tan olindi. Shunday boʻlsa-da, al-Mutazid xalifalikning oʻzagini saqlab qolishga muvaffaq boʻlgan. U Iroqda Bagʻdodni egallashga harakat qilgan Safforiylar bosqinini qaytarib, uzoq kurashlardan soʻng Zanjni boʻysundirishga ham erishgan.

Zanj va tuluniylarga qarshi yurishlar alt=Geophysical map with regions and major cities|right|thumb| 9-10-asrlarda Iroq mintaqasining xaritasi Boʻlajak al-Mutazid (bu vaqtda Abul Abbos deb atalgan) oʻzining dastlabki harbiy tajribasini orttirish va hukmronligi bilan bogʻliq boʻlgan harbiy aloqalarni oʻrnatish maqsadida Zanjga qarshi kurashda ishtirok etdi. Al-Muvaffaq oʻgʻliga yoshligidan harbiy tarbiya bergan. Yosh shahzoda zoʻr chavandoz va tirishqoq sarkarda boʻlib, askarlari hamda otlarining holatiga shaxsan eʼtibor qaratgan.

869-yilda qoʻzgʻolon boshlanganidan keyin oʻn yil ichida zanjlar Iroqning quyi qismida katta hududni, jumladan Basra va Vosit shaharlarini egallab oldilar va Xuzistonga yurish boshladilar. 879-yilda Safforiylar davlatining asoschisi Yaʼqub as-Safforning vafoti Abbosiylarga butun eʼtiborini Zanj qoʻzgʻoloniga qaratish imkonini berdi. Abul Abbosning 879-yil dekabrida 10 000 qoʻshin qoʻmondonligiga tayinlanishi urushning burilish nuqtasi boʻldi. Mesopotamiya botqoqlarida suv va quruqlikdagi harbiy operatsiyalar orqali kechgan uzoq va mashaqqatli kurashda Abul Abbos va xalifaning eng mashhur gʻilmoni, uzoq vaqt xizmat qilgan Zirak at-Turkiy katta rol oʻynadi. Abbosiylar qoʻshinlari oxir-oqibat qoʻshimcha kuchlar, koʻngillilar va Zanj qoʻshinlari bilan toʻldirilgan boʻlsa-da, qoʻshin asosini Abul Abbosning shaxsiy qoʻmondonligi ostidagi askarlar boʻlinmasi tashkil etgan. Ushbu qoʻshin asosini va qoʻshindagi yetakchilik lavozimlarini kam sonli gʻilmonlar tashkil etgan. Yillar davomida Zanj qoʻzgʻolonchilari joylashgan hudud qurshab olindi. 883-yil avgustda abbosiy qoʻshinlari qoʻzgʻolonchilar poytaxti al-Muxtaraga bostirib kirib, qoʻzgʻolonni toʻxtatdilar. At-Tabariyning asarida sobiq zanj isyonchisining urush haqidagi maʼlumotlari saqlanib qolgan. Mazkur maʼlumotlarda al-Muvaffaq va Abul-Abbosning oʻz kuchlarini himoya qilishdagi qahramonliklari taʼkidlangan. Muvaffaqiyatli kurash xalifaning xalifalik hokimiyatini amalda qoʻlga kiritishini qonuniylashtirishga qaratilgan tashviqot harakatlarida asosiy vositaga aylangan.

884-yil may oyida Ibn Tulun vafotidan soʻng xalifaning ikki sarkardasi: Isʼhoq ibn Kundoj va Ibn Abuʼl-Saj vaziyatdan foydalanib, Suriyadagi Tuluniylar hududiga hujum qilishdi. Biroq ularning dastlabki muvafaqqiyatlari uzoqqa choʻzilmadi. 885-yil bahorida Abul Abbos kurashga rahbarlik qilish uchun safarbar qilingan. U tez orada Tuluniylarni magʻlub etib, ularni Falastinga chekinishga majbur qilgan, ammo Ibn Kundoj va Ibn Abuʼl-Saj bilan janjaldan soʻng, bu ikki sarkarda yurishni tashlab, qoʻshinlarini olib ketishgan. 6-aprel kuni Tavohin jangida Abul Abbos Ibn Tulunning oʻgʻli va merosxoʻri Xumaravayh bilan shaxsan toʻqnashdi. Abbosiy shahzodasi dastlab gʻalaba qozonib, Xumaravayhni qochishga majbur qildi. Keyinroq magʻlubiyatga uchrab, jang maydonidan qochib ketishi natijasida qoʻshinining katta qismi asirga olindi. Bu gʻalabadan soʻng Tuluniylar Vizantiya imperiyasi bilan chegaradagi Jazira va chegara hududlari (Tugʻur) ustidan nazoratni kengaytirdilar. 886-yilda tinchlik shartnomasi tuzildi. Unga koʻra al-Muvaffaq Xumaravayhni har yillik oʻlpon evaziga 30 yillik muddatda Misr va Suriyaning merosxoʻr hokimi sifatida tan olishga majbur boʻldi. Keyingi bir necha yil ichida Abul Abbos otasining Forsni Safforiylar nazoratidan tortib olishga urinishlarida ishtirok etdi.

Qamalishi va taxtga chiqishi Bu davrda Abul Abbos va otasi oʻrtasidagi munosabatlar nomaʼlum sabab tufayli yomonlashdi. 884-yildayoq Abul Abbosning gʻilmoni Bagʻdodda al-Muvaffaqning vaziri Said ibn Maxlad qoʻzgʻolon koʻtardi. Qoʻzgʻolon katta ehtimol bilan toʻlanmagan maosh uchun boʻlgan. Oxir-oqibat, 889-yilda Abul Abbos otasining buyrugʻi bilan hibsga olinib, qamoqqa tashlangan. Unga sodiq boʻlgan gʻilmonlar namoyishlariga qaramay, Abul Abbos qamoqdan chiqarilmagan. Taxminan, 891-yil mayigacha hibsda qolib, al-Muvaffaq Jibalda ikki yil yashaganidan soʻng Bagʻdodga qaytarilgan.

Al-Muvaffaq, podagra bilan kasallangan, oʻlimga yaqin edi. Vazir Ismoil ibn Bulbul va Bagʻdod shahar qoʻmondoni Abul-Saqr al-Moʻtamid va uning oʻgʻillarini, jumladan, nominal valiahd al-Mufavvadni ham shaharga chaqirib, vaziyatdan oʻz manfaatlari yoʻlida foydalanmoqchi boʻldilar. Abul Abbosni chetlashtirishga uringanlar Abul Abbosning askarlar va oddiy xalq orasida mashhurligi tufayli muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Abul Abbos otasini oʻlim oldidan ziyorat qilishi uchun ozod qilindi. Al Muvaffaq 2-iyunda vafot etgach, darhol hokimiyatni egallashga muvaffaq boʻldi. Bagʻdod xalqi yangi xalifa raqiblarining uylarini talon-taroj qilishdi. Ibn Bulbul ishdan boʻshatilib, qamoqqa tashlangan va qamoqda bir necha oydan keyin qiynoqlardan vafot etgan. Abul Abbosning xizmatkorlari qoʻliga tushgan Ibn Bulbul tarafdorlarining har birini shunday taqdir kutardi.

Endi „eng qudratli“ Abul Abbos barcha mansablarda otasining oʻrnini egalladi. Yangi xalifa unvoni, xalifa al-Muʼtamid va al-Mufavvaddan keyin merosxoʻr lavozimini egalladi. 892-yil 30-aprelda Al-Mutazid amakivachchasini merosxoʻrlikdan butunlay chetlatdi. Shunday qilib, al-Muʼtamid 892-yil 14-oktyabrda vafot etgach, al-Mutazid xalifa hokimiyatini egalladi.

Hukmronlik alt=Blank map of the Middle East, with the Abbasid Caliphate in green and dark green and the major regions and provinces marked|thumb| Al-Mutazid hukmronligining boshida parchalanib ketgan Abbosiylar imperiyasining xaritasi.Abbosiylar markaziy hukumatining bevosita nazorati ostidagi hududlar (toʻq yashil) va Abbosiylar hukmronligiga sodiq qolgan avtonom hukmdorlar (ochiq yashil) ostidagi hududlar.

Sharqshunos Harold Bowen al-Mutazidning taxtga chiqishini quyidagicha taʼriflagan: