Changalzorlar afsonasi: 2-kitob (The Jungle Book 2) 2003-yilda ekranlarga chiqarilgan sarguzasht janridagi animatsion filmdir. 1967-yilda ishlangan Changalzorlar afsonasi animatsion filmining davomi. DisneyToon Studios tomonidan ishlangan. Walt Disney Pictures va Buena Vista Distribution tomonidan tarqatilgan. Film rejissori — Steve Trenbirth, produserlari — Mary Thorne va Christopher Chase, ssenariy mualliflari esa Karl Geurs va Evan Spiliotopoulosdir. Filmda bosh qahramonlarga Haley Joel Osment, John Goodman, Mae Whitman, Bob Joles, Tony Jay, Phil Collins, John Rhys-Davies va Jim Cummings ovoz bergan.

Film tanqidchilardan salbiy baholar oldi. Shunday boʻlsa-da, film $20 millionlik budjeti bilan dunyo boʻylab $135,7 million ishlab topdi.

Syujeti

Oldingi film voqealaridan soʻng, Mowgli oʻrmon yaqinidagi qishloqda, odamlar orasida yashaydi. Uni qishloq yoʻlboshchisi asrab oladi. Qishloq yoʻlboshchising Messua ismli xotini va Ranjan ismli oʻgʻli bor boʻladi. Mowgli oʻrmonning hayajonli hayotiga qaytishni istab, qishloqdagi boshqa bolalarni oʻrmonga olib bormoqchi boʻladi, ammo qishloq rahbari bundan xabar topib, Mowgliga qishloqni tark etmaslik va boshqalarni xavf ostiga qoʻymaslik haqida bergan ogohlantirishlariga rioya qilmagani uchun jazolaydi.

Ovoz berganlar Haley Joel Osment — Mowgli John Goodman — Baloo Mae Whitman — Shanti Bob Joles — Bagheera Tony Jay — Shere Khan Phil Collins — Lucky John Rhys-Davies — qishloq yoʻlboshchisi Veena Bidasha — Messua Connor Funk — Ranjan Jim Cummings — Kaa / polkovnik Hathi / M. C. Monkey Jimmy Bennett — Hathi Jr. Jeff Glen Bennett — Buzzie Brian Cummings — Flaps Jess Harnell — Dizzy va Ziggy

Musiqasi

„I Wanʼna Be like You“ — Smash Mouth „Jungle Rhythm“ — Mowgli, Shanti, Ranjan „The Bare Necessities“ — Baloo „Colonel Hathi’s March“ „The Bare Necessities“ — Baloo, Mowgli „W-I-L-D“ — Baloo „Jungle Rhythm (Reprise)“ — Mowgli „The Bear Necessities (Reprise)“ — Baloo, Mowgli, Shanti „Right Where I Belong“ — Windy Wagner

Manbalar

Havolalar

Turkum:Walt Disney Pictures filmlari Turkum:DisneyToon Studios animatsion filmlari Turkum:2003-yil filmlari Turkum:2003-yil multfilmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:AQSh filmlari Turkum:AQSh animatsion filmlari Turkum:AQSh musiqiy filmlari Turkum:AQSH kinokomediyalari Turkum:AQSh fentezi filmlari Turkum:Hayvonlar haqidagi animatsion filmlar Turkum:Jungli kitobi hikoyalar toʻplamiga asoslangan filmlar Turkum:Avstraliya kinokomediyalari Turkum:2003-yil kinokomediyalari Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar