101 Dalmatians — 1996-yilda ekranlarga chiqarilgan sarguzasht janridagi AQSh filmi. Walt Disney Pictures va Great Oaks Entertainment studiyalari tomonidan ishlangan hamda Buena Vista Pictures Distribution tomonidan tarqatilgan. Film rejissori — Stephen Herek, produserlari — John Hughes va Ricardo Mestres, ssenariy muallifi esa John Hughesdir. Filmda bosh rollarni Glenn Close, Jeff Daniels, Joely Richardson va Joan Plowright ijro etishgan.
Filmning ilk premyerasi 18-noyabr 1996-yilda boʻlib oʻtgan. Film mablagʻi $67 millionni tashkil etib, kartina umumjahon boʻylab $320 million daromad qilgan.
2000-yilda filmning ikkinchi qismi 102 dalmatin ommaga taqdim etilgan. 2021-yilda esa filmning qayta ishlangan versiyasi Cruella premyera qilingan.
Rollarda Glenn Close — Cruella de Vil Jeff Daniels — Roger Dearly Joely Richardson — Anita Campbell-Green-Dearly Joan Plowright — Nanny Hugh Laurie — Jasper Mark Williams — Horace John Shrapnel — Mr. Skinner Tim McInnerny — Alonzo Hugh Fraser — Frederick Zohren Weiss — Herbert Brian Capron — reportyor Frank Welker — Pongo and Perdita
Manbalar
Havolalar
Turkum:1996-yil filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:AQSh filmlari Turkum:AQSh sarguzasht filmlari Turkum:Walt Disney Pictures filmlari Turkum:AQSH kinokomediyalari Turkum:1996-yil kinokomediyalari Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar