Baxtiyor Neʼmatjonovich Ibragimov – oʻzbek diplomati. 2023-yildan Oʻzbekistonning Avstriyadagi elchisi. 2017—2023-yillarda Oʻzbekistonning Birlashgan millatlar tashkilotidagi doimiy vakiliThe Permanent Mission of the Republic of Uzbekistan to the United Nations.

Maʼlumoti 1989-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutini tamomlagan.

1993-yilda Malayziya xalqaro aloqalar va diplomatiya institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyati 1989—1992 – Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi ilmiy xodimi.

1992—1993 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xalqaro iqtisodiyot, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik boʻlimining uchinchi kotibi.

1993—1995 – Oʻzbekistonning AQShdagi elchixonasi uchinchi kotibi.

1995—1998 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi AQSh va Amerika qitʼasi mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi ikkinchi kotibi.

1998—2002 – Oʻzbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi birinchi kotibi.

2002—2003 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik boshqarmasi xorijdagi faoliyatni muvofiqlashtirish boʻlimining boshligʻi.

2003—2004 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi AQSh va Amerika qitʼasi mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi.

2004—2009 – Oʻzbekiston BMTdagi doimiy vakolatxonasining siyosiy maslahatchisi – missiya rahbari oʻrinbosari.

2009—2011 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi AQSh va Amerika qitʼasi mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi.

2011—2017 – Oʻzbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi siyosiy maslahatchisi – missiya rahbari oʻrinbosari.

2017-yil 8-maydan 2023-yil 7-avgustgacha – Oʻzbekistonning BMTdagi doimiy vakili.

2023-yildan Oʻzbekistonning Avstriyadagi, bir vaqtning oʻzida Vengriyadagi elchisi va BMT sanoatni rivojlantirish tashkiloti (UNIDO)dagi doimiy vakiliOʻzbekiston elchisi UNIDO huzurida akkreditatsiyadan oʻtdi.

2025-yildan Oʻzbekistonning Bosniya va Gersegovinadagi hamda Sloveniyadagi elchisiOʻzbekiston elchisi Slovakiya Prezidentiga ishonch yorligʻini topshirdiO'zbekistonning birinchi elchisi Bosniya va Gersegovina Prezidiumi raisiga ishonch yorlig'ini topshirdi.

Favqulodda va muxtor elchi diplomatik martabasiga ega.

Oilasi Otasi Neʼmatjon Ibragimov, general-mayor. Uzoq yillar prokuratura tizimida ishlagan. 1983—1985-yillarda OʻzSSR ichki ishlar vaziri boʻlganNKVD – MVD Uzbekskoy SSR. Akasi Ibragimov Dilmurod Neʼmatjonovich, jinoyat ishlari boʻyicha Qibray tumani sudi raisi boʻlgan.

Manbalar

Yana qarang BMT: Davlatlarning amaldagi doimiy vakillari

Turkum:Oʻzbekistonning BMTdagi doimiy vakillari Turkum:Oʻzbekistonning Avstriyadagi elchilari Turkum:Oʻzbekistonning Vengriyadagi elchilari