Nodir Nariman oʻgʻli Salifov (; 28-avgust 1972-yil — 19-avgust 2020-yil) — ozarbayjonlik jinoyatchilar boshligʻi. U Ozarbayjon jinoyat olamidagi eng boy jinoyatchilardan biri hisoblangan.
Hayoti Nodir Salifov 1972-yil 28-avgustda Gruziyaning Dmanisi shahrida katta ozarbayjon oilasida tugʻilgan. Uning Namiq va Mushfig ismli ukalari, Leyla ismli singlisi bor. Keyinchalik oila doimiy yashash uchun Ozarbayjonga koʻchib oʻtgan.
Qotillik Nodir Salifov 2020-yil 20-avgustga oʻtar kechasi Antaliya (Turkiya) shahrida oʻldirilgan. Qotillik mehmonxona xonasida sodir etilgan. Qotillikda gumon qilingan Salifovning qoʻriqchisi, „Xon Axmedli“ laqabli Xoqon Zeynalov Salifovni boshiga otib, qochib ketgan. Lotu Guli eng yaqin tibbiy markazga yetkazilgan, biroq uning hayotini saqlab qolishning iloji boʻlmagan. Qotil Antaliya-Denizli trassasida hibsga olingan.
Manbalar
Turkum:Jinoyat Turkum:Qotillik qurbonlari