Rubén Sánches Pérez-Cejuela (1994-yil 25-noyabrda tugʻilgan) – ispaniyalik professional futbolchi, Tailandning „Buriram“ jamoasi tarkibida hujumchi ampulasida oʻynaydi.
Futbolchilik faoliyati Rubén Ispaniyaning Kastiliya-La-Mancha shahrida tugʻilgan. AD Diana va CD Sonseca futbol maktabida taxsil olganidan. Sanches 2013-yilning 1-sentyabrida Toledo jamoasi tarkibida oʻzining birinchi va yagona golini urgan. 2014-yil 25-iyulda Rubén Toledo jamoasi bilan shartnomasini 2017-yilga qadar uzaytirgan va asosan farm jamoa tarkibida oʻynagan. 2015-yilning avgust oyida Toledo klubining asosiy tarkib roʻyhatiga kiritilgan.
2016-yilning 18-iyulida Sanches Tercera Divizionining boshqa jamoasiga, Sporting de Xixonning farm jamoasi tarkibiga qoʻshilgan. Farm jamoasi tarkibida 18 oʻyinda oʻnta gol urganidan soʻng, 21-dekabr kuni asosiy jamoadagi debyut oʻyinini oʻtkazgan.
Xorijdagi faoliyat 2022-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Superligasida ishtirok etgan „Surxon“ klubidan tushgan taklifga koʻra oʻzbek klubi bilan shartnoma imzolagan. Dastlabki mavsumida oʻz darajasini namoyon etgan Ruben 2023-yilgi mavsumda chempionat yetakchilaridan „AGMK“ klubi bilan shartnoma imzolagan.
Faoliyat statistikasi
Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Kontinental Boshqa Jami Dvizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Surxon 2022 Oʻzbekiston Superligasi 12 8 1 0 — — 13 8 OKMK 2023 19 4 5 5 4 1 — 28 10202414400——14420254024——64 Karyera jami 49 16 8 9 4 1 — 61 26
Manbalar
Havolalar
Fútbol Manchego profile
Turkum:1994-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:CD Toledo futbolchilari Turkum:Sporting de Gijón B futbolchilari Turkum:Sporting de Gijón futbolchilari Turkum:Club Recreativo Granada futbolchilari Turkum:CF Rayo Majadahonda futbolchilari Turkum:Surxon klubi futbolchilari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:Tercera División oʻyinchilari Turkum:Segunda División B oʻyinchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar