Samarqand Darvoza koʻchasi – Shayxontohur tumani hududida. Poytaxtning qadimgi koʻchalaridan biri. Chorsu va Oqtepa maydonlari oraligʻida. Uzunligi 4 km atrofida. Asadulla Xoʻjaev koʻchasi bilan kesishgan, Kattabogʻ, Yangiobod, Kamolon koʻchalari bilan tutashgan.
Tarixi Qadimda savdogarlarning Chorsu bozoriga kirib keladigan asosiy karvon yoʻllaridan biri boʻlgani va koʻcha yoʻnalishida Samarqand darvozasi boʻlgani uchun xalq tilida shu nom bilan yuritilgan. 1893-yil koʻchaga rasman „Samarqand darvozasi koʻchasi“ nomi berilgan.
Binolar Yoʻnalishida „Samarqand darvoza“, „Zangiota“, „Suzukota“, „Chaqar“ va „Qoratosh“ mahallalari, "Jar" sport-sogʻlomlashtirish majmuasi, tuman ichki ishlar boshqarmasi, yonilgʻi quyish shoxobchasi, "Zaxariq" qabristoni, „Muruvvatteks“ qoʻshma tikuvchilik korxonasi, Zangiota jome masjidi, "Parvinabank", „Oqtepa“ bozori shoxobchasi, 14-, 46-, 47-oilaviy poliklinika, „Samarqand“ va „777“ restorani, stomatologiya poliklinikasi, dorixona, mahalla guzari, savdo shoxobchalari, goʻzallik saloni, ustaxonalar, maktab, bogʻcha va turli xizmat koʻrsatish maskanlari hamda koʻp qavatli va shaxsiy turar joy binolari joylashgan.
Yaqinida „Qoratosh“ mavzesi, "Chorsu" mehmonxonasi, "Koʻkaldosh" madrasasi, "Suzukota" maqbarasi, „Turkuaz“ gipermarketi, „Huromad“ savdo majmuasi, avtosalon bor.
Yana qarang
Toshkent koʻchalari roʻyxati
Manbalar
Turkum:Toshkent koʻchalari