Abu Sulaymon Dovud ibn Muhammad ibn Muso ibn Horun al-Avdaniy, al-Hanafiy — faqih, ilm-fanning baʼzi sohalari bilan shug‘ullangan olim, asli Avdanadan, Buxoro qorilaridan bo‘lgan. Dovud al-Avdaniy taxminan milodiy 932-yil (hijriy 320-yil) vafot etgan. Asarlari „Zikru-s-solihiyn“, („Solihlar zikri“) „Fazoilu-l-Qurʼon“ („Qurʼoni karim fazilatlari“) „al-Javohir al-muzniya“ („Ado bo‘lgan gavharlar“) „Ihdosu-z-zamon“ („Zamonning o‘zgarishi“) „Ajroru-l-bahoim“ („Hayvonlarning tortishi“).

Manbalar