Ilhom Yunusov (; 1982-yil 3-may) — himoyachi va yarim himoyachi sifatida oʻynagan oʻzbek futbolchisi.
Futbolchilik faoliyati 2001-2008-yillar davomida „Buxoro“ safida to‘p surgan, 200 dan ortiq o‘yin o‘tkazib, 20 dan ortiq gol urgan. 2009 va 2010-yillarda Samarqandning „Dinamo“ jamoasida oʻynagan. 2011-2015-yillarda Qarshining „Nasaf“ jamoasida toʻp surdi 2011-yilgi mavsumda AFC Kubogi qoʻlga kiritlgan jamoaning asosiy futbolchilardan biri edi. Keyingi ikki mavsumni „Qizilqum“da o‘tkazdi. 2018-yildan yana Samarqand „Dinamo“sida toʻp sura boshladi. 2019-yilgi mavsum boshida Samarqandning boshqa bir jamoasi „Sherdor“ sifadan joy oldi ammo birinchi davra yakuniga yetmasidan faoliyatini yakunladi.
Milliy terma jamoa 2007-yilda Oʻzbekiston terma jamoasida 2 ta oʻyinda (Tailand va KXDR terma jamoalariga qarshi), 2013-yilda Vyetnam terma jamoasiga qarshi yana bitta oʻyin oʻtkazgan.
Yutuqlari
AFC Kubogi sohibi: 2011 Oʻzbekiston Kubogi finalchisi: 2012, 2013
Manbalar
Havolalar
Ilhom Yunusov Footballfacts saytida futbolchi profili Ilhom Yunusov Soccerway saytida Ilhom Yunusov Transfermarkt saytida Ilhom Yunusov Teams saytida
Turkum:1982-yilda tugʻilganlar Turkum:3-mayda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar