Anish Kumar Giri ; ; 1994-yil 28-iyunda tugʻilgan) — gollandiyalik shaxmat grossmeysteri. Dunyo reytingidagi 5-raqamli shaxmat dahosi. 14 yosh, 7 oy va 2 kunligida grossmeyster unvoni uchun talablarni bajargan.

Giri toʻrt karra Gollandiya chempioni boʻlgan (2009, 2011, 2012 va 2015) va 2010-yilda Corus Chess B guruhida gʻolib chiqqan. U Gollandiyani beshta shaxmat olimpiadalarida (2010, 2012, 2014, 2016, 2018) himoya qilgan. Shuningdek, yirik xalqaro turnirlarda, jumladan, 2012-yilgi Reggio Emilia turnirida, 2017-yilgi Reykjavik Open turnirida, 2015-yilgi London Chess Classic va 2018-yilgi Wijk an Zee musobaqalarida 1-oʻrin boʻldi. 2019-yilda Shenzhen Masters musobaqasida gʻalaba qozondiChess24:"Giri wins „soft“ Shenzhen Masters. 2023 yilgi Veyk-an-Zee turnirida Nodirbek Abdusattorovni magʻlub etdi.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Shaxmatchilar Turkum:Shaxmat grossmeysterlari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Niderlandiya shaxmatchilari