Ali ibn Usmon ibn Muhammad al-O‘shiy al-Farg‘oniy (Sirojuddin) — olim, adib va nozim bo‘lgan. Ali al-Farg‘oniy milodiy 1173-yil (hijriy 569-yil) vafot etgan. Asarlari „Mashoriqu-l-anvor fi sharhi nisobi-l-axbor li tazkirati-l-axbor“ („Yaxshilarning zikrida xabarlar manbai kitobining sharhida charaqlagan nurlar“) „Sharhu manzumoti Umar an-Nasafiy fi-l-xilof“ („Umar an-Nasafiyning mazhablar o‘rtasidagi ixtiloflarga oid nazmiy asariga sharh“, muallif uni „Muxtalifu-r-rivoya“ („Rivoyatlardagi farqlar kitobi“) deb atagan) „al-Qasida al-lomiya fi usuli-ddin“ („Din usullari haqida „lom“ harfidan boshlanadigan qasida“) „al-Fatovo as-sirojiya“ („Sirojiyning fatvolari“) „Nazmu qasidati-l-amoliy fi-l-kalom“ („Kalom ilmi haqida imlolar qasidasi nazmiy asari“, qasida „yaqulu al-abd.“ deb boshlanadi, Muhammad ibn Haydar ash-Shahid bifayz al-Kafaviy (vaf. 1168/1754 y.) uni turk tiliga tarjima qilib, nashr etgan)
Manbalar
Turkum:1173-yilda vafot etganlar