Abu Abdulloh al-Iyloqiy ( — Sharafiddin Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf al-Iyloqiy) — faylasuf, tarixchi va hakim.

Abu Abdulloh al-Iyloqiy Ibn Sinoning shogirdlaridan biri bo‘lib, dastlabki taʼlimni Shosh (Toshkent) madrasalaridan birida olgan, so‘ng o‘z bilimini takomillashtirish maqsadida Buxoro, undan keyin Urganchga borib tahsil olgan. Bu yerda u Ibn Sino bilan uchrashgan. Abu Abdulloh al-Iyloqiy tibbiyotdan tashqari, falsafa va tarix bilan ham shug‘ullangan.

Asarlari

„Kulliyyāt tibb al-Ӣlāqӣ“. „Iy­lo­­qiyning to‘liq tibbiy asarlari to‘p­lami“ asarida tibbiyot tarixiga oid maʼlumotlar berilgan; „Sharh kulliyyāt Qānӯn“. Ibn Sinoning „Tib Qonunlari“ga to‘liq sharh; „Al-Asbāb va-l-alāmāt“. Mazkur asarning bir necha qo‘lyozma nusxalari Patna, Haydarobod, Parij, Dublin, Myunxen, Qohira, Quvayt kutubxonalarida saqlanmoqda.

Adabiyotlar

Az-Zirikliy. Al-Aʼlām. VII, 148; O‘zME. — T.: 2000. I, 50.

Manbalar