Abdulloh ibn Ali ibn ash-Shoh al-Kadaniy (Abu Ahmad) — fozil imom bo‘lgan. Abdulloh al-Kadaniy milodiy 1012-yil (hijriy 402-yil)da tugʻilgan.

Yaratgandan yomg‘ir yog‘dirishini so‘rab, Samarqanddan Xartangga (Imom al-Buxoriy maqbarasiga) borgan olimlardan biri edi. Alloh taolo ularning iltijosini mustajob qilib, ular Xartangdan qaytib ketmay turib yomg‘ir yog‘dirgan. U ulamolardan, ulamolar ham undan hadis rivoyat qilganlar. Abdullah al-Kadaniy hijriy 483-yilning rajab oyida vafot etgan.

Manbalar

Turkum:1012-yilda tugʻilganlar