Abdulkarim al-Jiyliy ( — Qutbuddin Abdulkarim ibn Ibrohim ibn Abdulkarim al-Jiyliy) — mutasavvif olim, so‘fiy.
Hayoti Abdulkarim al-Jiyliy 1365–1366-yillarda Jiylda tavallud topgan.
Ibn al-Arabiy taʼlimotining izdoshi. Abdulqodir al-Jiyloniy asos solgan qodiriyya tariqati vakili. Manbalarda Abdulkarim al-Jiyliy Abdulqodir al-Jiyloniy nabirasining o‘g‘li degan maʼlumotlar ham uchraydi.
Abdulkarim al-Jiyliy ko‘p sayohat qilgan. Yoshlik yillarida fors o‘lkasiga safar qilgan. U yerdan hind diyoriga safar qilgan. Bu o‘lkalarda u fors va hind tillarini o‘rgangan. 796/1394-yilda Hindistondan arab diyorlaridan sanalgan Yaman mamlakatining Zabid shahriga keladi. Bu vaqtda u o‘ttiz yoshda bo‘lgan. U bu yerda ustozi qodiriyya tariqatining vakili Shayx Sharafuddin Ismoil ibn Ibrohim al-Jabartiy (hijriy 806-yilda (milodiy 1403) vafot etgan) bilan uchrashadi va unga murid tushadi. 1396-yilda (hijriy 799) Makkaga, 1400-yilda (hijriy 803) Qohiraga boradi. U yerda Azhar shayxlari bilan ilmiy bahslar olib borgani haqida maʼlumotlar uchraydi. Qohiradan Gʻazoga borib, 1402-yilda (hijriy 805) Yamanga qaytadi. Umrining oxirigacha o‘sha yerda qoladi. Tadqiqotchilarning fikricha, Abdulkarim al-Jiyliyning Hindistonda qodiriyya tariqatining yoyilishida xizmati katta bo‘lgan.
Ijodi Ilmiy jihatdan juda samarali umr kechirgan Abdulkarim al-Jiyliyning 34 taga yaqin asarlari borligi zikr qilingan. Asarlarining katta qismini Ibn al-Arabiy qarashlarining sharhiga bag‘ishlagan.
Asarlari
„Al-Manāzir al-ilāhiyya“; „Al-Kahf va-r-raqӣm“; "Al-Insān al-kāmil"; „Haqӣqa al-yaqӣn“; „Sharh mushkilāt al-futӯhāt al-Makkiyya“; „Al-Qasӣda al-’ayniyya“; „Al-Qāmӯs al-aqdam va-n-nāmӯs al-aʼzam“; „Marātib al-vujӯd“; „Ad-Durra al-’ayniyya“; „Al-Kamālāt al-ilāhiyya fi-s-sifāt al-Muhammadiyya“; „Kashf al-g‘āyāt sharh kitāb at-tajalliyāt“.
Vafoti Vafot tarixi 1421-yillar (hijriy 826) Bagʻdod yoki Zabidda deb ham ko‘rsatilgan.
Adabiyotlar
R. A. Nicholson. The Perfect Man. — Cambridge: 1921; Serkis. Mu’cem. I, 728-729; Brockelmann. GAL. II, 264-265; Suppl., II, 283-284; H. Ritter. "Abd al-Karim al-Djili". EI2 (Ing.). I, 71; M. Nazif Şahinoğlu. "Abdülkerîm el-Cîlî". TDV İA. — İstanbul: 1988. I, 250.
Manbalar
Turkum:Tarixiy shaxslar Turkum:1365-yilda tugʻilganlar Turkum:1366-yilda tugʻilganlar Turkum:Jiylda tugʻilganlar Turkum:1428-yilda vafot etganlar Turkum:Bagʻdodda vafot etganlar Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Soʻfiylar