Apra (shuningdek, Oltin shahar Apra nomi bilan ham tanilgan) — Hindistonning Panjob shtatining Jalandhar tumanida joylashgan Fillaur Tehsildagi aholini roʻyxatga olish shaharchasi hisoblanadi. Shahar oltin taqinchoqlari va koʻp miqdorda yetishtiriladigan sholi ekinlari bilan mashhur. Shahar Jalandhardan sharqda, Fillaurdan va Chandigarhdan uzoqlikda joylashgan. Apra boshqa atrofdagi qishloqlarga qaraganda eng katta shaharcha boʻlib, asosiy bozorga ega. Shaharni qishloqdan saylangan vakil Sarpanch boshqaradi.
Eng yaqin poezd stansiyasi Phillaur shahridan uzoqda joylashgan. Eng yaqin ichki aeroport Ludhiana shahrida va eng yaqin xalqaro aeroport Amritsarda boʻlib, shahardan uzoqlikda oʻrnashgan.
Geografiyasi Shahar Phillaurdan uzoqda va Phillaurni Banga bilan bogʻlaydigan asosiy yoʻlda joylashgan. Shahar oltin zargarlik buyumlari va import tovarlari bilan ham mashhur.
Belgilari right|thumb| Azad Gate Apra surati right|thumb| Azad Gate haqida eslatma Azad darvozasi 1950-yilda qurilgan muhim tarixiy bino hisoblanadi. Ram Mandir, Shiv Mandir, Hanuman Mandir va Bhai Mehar-Chand Ji ibodatxonasi hindlarning muhim ahamiyatli ibodatxonalaridir. Sachidanand Ji Ashram, Peer Baba Ji, Darbar Baba Shayx Nasira Ji (Khangah) va Gurudvara Shri Kalgidhar Sahib diniy ziyoratgohlardir.
Aprada Kotak Mahindra banki, Panjob milliy banki, Hindiston davlat banki kabi toʻqqizta bank hamda yana bitta kooperativ banki Jalandhar markaziy kooperativ banki faoliyat yuritadi.
Festival va yarmarkalar Aprada yarim dunyoviy maʼnoga ega boʻlgan hamda barcha dinlarga mansub odamlar tomonidan madaniy bayramlar sifatida qabul qilingan bir qator bayramlar va yarmarkalar doimiy tarzda amalga oshilib turiladi.
Quyida har yili nishonlanadigan festival va yarmarkalar roʻyxati keltirilgan:
Dussehra Sharad Mela Bhai Mehar Chand Ji Shri Guru Nanak Gurpurab Shri Guru Ram Das Jayanti (Gurmat Samagam) Bhagvati Jagran Shri Guru Ravidass Jayanti
Demografiyasi
Apra — Panjob shtatining Jalandhar tumanidagi aholini roʻyxatga olish shaharchasi. 2011-yil holatiga koʻra, Apra 6,258 aholiga ega boʻlgan, ulardan 3,219 (51,4%) nafari erkaklar va 3,039 (48,6%) nafari ayollardir. Apraning savodxonlik darajasi 82,86% ni tashkil etadi, bu davlat oʻrtacha koʻrsatkichi — 75,84% dan yuqori. 6 yoshgacha boʻlgan bolalar soni 664 tani tashkil qiladi, bu Apra umumiy aholisining 10,61% ni tashkil etadi.
Shahar aholisining aksariyati hinduizm diniga eʼtiqod qilishadi, bu Apraning umumiy aholisiga nisbatan 76,77% (4804)ni tashkil etadi. Ikkinchi eng keng tarqalgan din sikhizm, boʻlib bu din vakillari aholining 18,68% (1,044) qismini tashkil etadi.
Kasta Apradagi umumiy aholining 42,28% ni tashkil etadigan insonlar Hindistonning rejalashtirilgan kastalaridan. Shaharda hozircha hech qanday rejalashtirilgan qabilalar aholisi yoʻq.
Ish profili Apra shahrining umumiy aholisidan 2083 kishini tashkil etib, ular asosan mehnat yoki tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanadi. Aholining 1801 nafari erkaklar va 282 nafari ayollardir. 2011-yilgi aholini roʻyxatga olish boʻyicha soʻrov hisobotiga koʻra, ishchilar ish, xizmat koʻrsatish, biznes va dehqonchilik singari mehnat faoliyati bilan shugʻullanadigan shaxslar sifatida belgilangan. Mehnatga layoqatli 2083 kishidan 93,76% asosiy ishlarda, jami ishchilarning 6,24% esa cheklangan ishlarda band ekanligi aniqlangan.
Taʼlim
Maktab right|thumb| Govtning asosiy kirish eshigi. Apra oʻrta maktabi. Shaharda 1886-yilda tashkil etilgan oʻrta maktab bilan panjabi tilida oʻqitiladigan oʻrta maktab hamda 1932-yilda tashkil etilgan boshlangʻich va oʻrta/oliy maktabga ega boshlangʻich maktab faoliyat yuritadi. Maktablar Hindistonning kunduzgi ovqatlanish sxemasiga muvofiq maktab binolarida tayyorlangan kunduzgi ovqatni taqdim etadi, shuningdek, Bolalarning bepul va majburiy taʼlim olish huquqi toʻgʻrisidagi qonunga muvofiq 6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalarga bepul taʼlim beriladi. Shaharda, shuningdek, shaxsiy yordamchi panjobiy oʻrta maktabi, boshlangʻich va yuqori boshlangʻich hamda oʻrta/oliy maktab (MG Arya Kanya Pathshala oʻrta maktabi) ham mavjud. Maktab 1954-yilda tashkil etilgan.
Kollej
DRV DAV Centenary kolleji, Phillaur () Amardep Singx Shergill memorial kolleji, Mukandpur () Sikh milliy kolleji, Banga ()
Universitet
Lovely professional universiteti, Phagvara () Panjob qishloq xoʻjaligi universiteti, Ludhiana () Panjob universiteti, Chandigarh () GNA universiteti, Phagvara ()
Iqlimi Shaharda asosan yoz, musson va qish singari uch fasl mavjud. Yozi juda issiq, harorat 30 daraja (Selsiy boʻyicha) atrofida boʻladi. Aprada qayd etilgan eng yuqori harorat Selsiy boʻyicha 40 darajani tashkil qiladi hamda qish juda qattiq va sovuq kechadi, shuningdek, sovuq shamollar kuzatiladi.
Aprada qayd etilgan eng past harorat Selsiy boʻyicha 7 darajani tashkl etadi. Biroq, soʻnggi bir necha yil ichida iqlim keskin oʻzgardi, har yili harorat koʻtarilib, yogʻingarchilik kamayib bormoqda. Yanvar eng salqin oy, iyun esa eng issiq oy sifatida qayd etilgan.
Yana qarang
Hindistondagi qishloqlar roʻyxati
Manbalar
Havolalar
Turkum:Jaladhar tumanidagi shahar va shaharchalar Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Fillaur tehsili qishloqlari Turkum:Jaladhar tumanidagi qishloqlar