Anton "Toni" Pfeffer (1965-yil 17-avgust sanasida tugʻilgan) - Avstriyalik sobiq professional futbolchi, himoyachi sifatida maydonda toʻp surgan.

2000-yilda futboldagi oʻz faoliyatini yakunlaganidan soʻng, Pfeffer Avstriya Xalq partiyasi uchun mahalliy saylovlarda muvaffaqiyatsiz ishtirok etdi. 2005-yilda u SKN Sankt-Polten kompaniyasi boshqaruviga qoʻshildi va sport masalalari boʻyicha ijroiya qoʻmitasiga maskaxatchi lavozimiga ishga qabul qilindi.

Pfeffer, shuningdek, Avstriya xalq qoʻshiqlarining ikkita toʻplamini chiqarish bilan xalq qoʻshiqchilik karyerasini rivojlantirdi. Hozirgi kunda u Sky Austrianing asosiy futbol ekspertlaridan biri sifatida ham faoliyat olib boradi.

Klubdagi karyerasi Avstriyaning quyi qismidagi Lilienfeld shahrida tavallud topgan Pfeffer 19 yoshida Avstriya Vena klubi safiga kelib qoʻshiladi va 1987-yilda ushbu klub safida professional debyut qiladi. U butun futbolchilik faoliyati davomida oʻzining Avstriya terma jamoasiga sodiq qoldi, u bilan birgalikda futbolchi toʻrtta liga chempionligini va toʻrtta ichki kubokni qoʻlga kiritadi. Biroz vaqt oʻtgach u jamoa sardori etib saylanadi.

Xalqaro karyerasi Pfeffer 1988-yil aprel oyida Gretsiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Avstriya terma jamoasi safida debyut qilgan. U 1990-yildagi va 1998-yildagi FIFA Jahon chempionati ishtirok etadiRecord at FIFA Tournaments - FIFA. U umumiy 63 o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan. Uning soʻnggi xalqaro maydondagi oʻyini 1999-yil mart oyida Yevropa chempionati saralash oʻyinida Ispaniyani 0:9 hisobida sharmandali magʻlubiyatga uchratgan bahs boʻldi.

Karyera statistikasi +Anton Pfeffer tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati No. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 1990-yil 30-may Praterstadion, Vena, Avstriya 3–0 3–2 Doʻstona

Yutuqlari Avstriya Wien

Avstriya Bundesligasi : 1986, 1991, 1992, 1993-yillarda Avstriya kubogi : 1986, 1990, 1992, 1994-yillarda

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Avstriyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:FK Austria Wien futbolchilari Turkum:Avstriya Bundesligasi futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 1990 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 1998 oʻyinchilari Turkum:Avstriyalik futbol murabbiylar