Abbod bin Muhammad bin Hayyon al-Balxiy Abbosiylar xalifasi Abdulloh al-Maʼmun davrida Misr noibi (812—813) boʻlib, Misrda Abu Abdulloh Muhammad al-Aminni taxtdan agʻdargan va al-Maʼmunga bay’at qilgan daʼvatchilardan biri.

Faoliyati Kinda qabilasining mavlasi boʻlgan Abbod dastlab Harsama ibn Ayonga tegishli boʻlgan Misrdagi mulklarning boshqaruvchisi boʻlgan. 811-yilda to‘rtinchi fuqarolar urushi boshlanishi bilan, Abbod Misr xalqini xalifa al-Aminga bayʼatidan voz kechib, uning o‘rniga raqibi al-Ma’munni qo‘llab-quvvatlashga undadi. 812-yil boshlarida al-Amin tayinlagan noib Jobir ibn al-Ash’as at-Toiy harbiy to‘ntarish natijasida ag‘darilgach, uning o‘rnini egallab, rasman al-Ma’munga sodiqlik qasamyodini qabul qildi. Biroq, tez orada Havf mintaqasidagi Qayslarning jiddiy qarshiligiga duch keldi. Ularning yetakchisi Rabiʼa ibn Qays ibn Zubayr al-Jurashiyni al-Amin qurol ko‘tarishga undagan edi. Keyingi oylar davomida Abbodning qo‘shinlari bir necha bor mag‘lubiyatga uchrab, Fustatni takror-takror hujumlardan himoya qilishga majbur bo‘ldi. Jang 813-yil sentyabr oyida ikki tomon ham al-Aminning o‘limidan xabar topgunga qadar davom etdi. Ko‘p o‘tmay, Abbodning oʻrniga al-Muttalib ibn Abdulloh al-Xuzay tayinlandi; ; ; . According to Ibn Taghribirdi Abbad was eventually captured, sent to al-Amin and killed, but this is probably an error; ..

Lavozimidan bo‘shatilgandan so‘ng, Abbod Misrda qolib, keyingi yillarda vaqti-vaqti bilan siyosiy sahnada faollikni davom ettirdi; .. Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Misrning 9-asrdagi Abbosiy noiblari