Gary James Cahill (; 1985-yil 19-dekabrda Angliyada tugʻilgan) — ingliz futbolchisi, markaziy himoyachi sifatida oʻynagan.
Xalqaro faoliyati 2004—2005-yillarda Gary Cahill 20 yoshgacha boʻlgan Angliya terma jamoasida uchta oʻyin oʻtkazgan. 2007-yil boshida Angliyaning yangi yoshlar murabbiyi Stuart Pearce Cahillni oʻz jamoasiga taklif qilgan. Gary Cahillning Stuart Pearce qoʻl ostidagi birinchi oʻyini 2007-yil 6-fevralda ispanlarga qarshi oʻtkazilgan. Gary Cahill bu uchrashuvni zaxirada oʻtkazgan, maydonga tushmagan . Uning yoshlar jamoasidagi debyuti 2007-yil 24-martda yangilangan „Wembley“ stadionida boʻlib oʻtgan, u yerda ingliz jamoasi italiyaliklar bilan durang oʻynagan. Cahill oʻyinni boshlab bergan va butun oʻyin davomida maydonda boʻlib, markaziy himoyada Anton Ferdinand bilan birga oʻynagan. 2007-yilning may oyida Gary Cahill yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida qatnashadigan futbolchilar tarkibiga kiritilgan. Chempionatdan oldin Gary Cahill Slovakiya yoshlar terma jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyinida qatnashgan va turnirning oʻzida u faqat bir marta Chexiya terma jamoasi bilan guruh bosqichida oʻynagan. Hammasi boʻlib Gary Cahill Angliya yoshlar terma jamoasi safida uchta oʻyin oʻtkazgan.
2010-yil 3-sentyabrda Gary Cahill nihoyat Angliya terma jamoasining asosiy tarkibida debyut qilgan. Bolgariya bilan 2012-yilgi Yevropa chempionati saralashida u jarohat olgan Michael Dawson oʻrniga maydonga tushgan. 2002-yil fevralida Michael Barrington Rickettsdan keyin „Bolton Wonderers“ futbol klubining Angliya terma jamoasidagi vakiliga aylangan. 2011-yilning 29-martida Ganaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida Gary Cahill ilk bor inglizlar jamoasida asosiy tarkibda maydonga tushgan. 2011-yilning 2-sentyabrida Bolgariyaga qarshi javob o‘yinida u terma jamoadagi ilk golini urgan. 2012-yilning may oyida Angliya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlangan Roy Hodgson Gary Cahillni 2012-yilgi Yevropa chempionati tarkibga kiritgan. Biroq 2-iyun kuni Belgiya terma jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyinida Gary Cahill darvozabon harles Joseph John Hart bilan toʻqnashuvda jagʻini shikastlagan. Ushbu jarohat tufayli u chempionatni oʻtkazib yuborishga majbur boʻlgan.
Statistikasi Jamoa MamlakatMavsumOʻyinGolAston Villa F. C.2004—2008311Burnley F. C. (ijara)2004—2005321Sheffield United F. C. (ijara)2007162Bolton Wanderers F. C.2008—201214715Chelsea F. C.2012—201928825Crystal Palace F. C.2019—2021471A. F. C. Bournemouth2021—2022220Umumiy faoliyatida 58345
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari