Braeden „Brady“ Tkachuk () (1999-yil 16-sentyabrda tugʻilgan) — amerikalik-kanadalik professional xokkeychi. Brady Tkachuk hozirda Milliy xokkey ligasida (NHL) „Ottawa Senators“ xokkey klubi safida oʻynamoqda. Tkachuk „Ottawa Senators“ xokkey klubi safiga 2018-yilgi NHL kirish loyihasida toʻrtinchi umumiy tanlov asosida qabul qilingan edi.

Oʻyin faoliyati Brady Tkachuk dastlab, „St. Louis AAA Blues U16“ jamoasida faoliyatini boshlagan. Shundan soʻng, Brady Tkachuk AQSh xokkey jamoasini rivojlantirish dasturida (USNDPT) ishtirok etdi. Keyin Brady Tkachuk Boston universiteti xokkey jamoasi safiga qoʻshildi. Brady Tkachuk universitetning „Boston Terriers“ xokkey jamoasida oʻynagan vaqtida, 2018-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida AQShning 20 yoshgacha boʻlgan xokkeychilar terma jamoasiga kiritldi.

Brady Tkachuk 2018-yilgi NHL kirish loyihasida „Ottawa Senators“ xokkey klubi safiga toʻrtinchi oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. Tkachuk 2018-yil 13-avgustda „Ottawa Senators“ xokkey klubi bilan uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi. „Ottawa Senators“ xokkey klubining mavsumoldi oʻyinlarida qatnashgandan soʻng, Tkachuk klubning asosiy jamoasi roʻyxatiga kiritildi. Biroq Brady Tkachuk jarohatlar tufayli bir nechta oʻyinlarni oʻtkazib yubordi. Oxir-oqibat Brady Tkachuk NHLdagi debyutini 8-oktyabr kuni „Boston Bruins“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda (6:3 hisobida gʻalaba) oʻtkazdi. Keyingi oʻyinda, 10-oktyabrda, Brady Tkachuk oʻzining NHLdagi birinchi golini „Philadelphia Flyers“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda kiritishga muvaffaq boʻldi. 17-oktyabr kuni Brady Tkachuk jarohatlar tufayli bir oyga safdan chiqqani maʼlum bo‘ldi. Tkachuk oxir-oqibat 2018-yil 8-noyabrda „Vegas Golden Knights“ xokkey klubiga qarshi o‘yin uchun „Ottawa Senators“ klubi safiga qaytdi.

2019-yil 28-mart kuni „Florida Panthers“ klubiga qarshi o‘yinda Tkachuk bitta o‘yinda darvozaga eng ko‘p zarba berish bo‘yicha „Ottawa Senators“ klubining rekordini o‘rnatdi. Tkachuk 2018 —2019-yilgi mavsumni NHLdagi yangi oʻyinchilar orasida Elias Petterssondan (28ta) keyingi ikkinchi oʻrinda 22 ta gol bilan yakunladi.

Brady Tkachuk 2020-yil 22-yanvarda Atlantika divizionidagi 2020-yilgi NHL yulduzlar o‘yini uchun tanlangan oʻyinchilar roʻyxatiga kiritildi.

2021-yil 14-oktyabrda Tkachuk „Ottawa Senators“ klubi bilan yetti yillik 57,5 million dollarlik shartnoma imzoladi. 5-noyabr kuni Tkachuk „Ottawa Senators“ klubi franchayzing tarixidagi oʻninchi kapitan sifatida tanildi.

2022-yil 2-dekabr kuni oʻzining faoliyatidagi 300-o‘yinida „Ottawa Senators“ klubi kapitani „New York Rangers“ klubiga qarshi oʻyinda xet-trikini qayd etib, faoliyatidagi 100-golini urishga muvaffaq boʻldi.

Faoliyat statistikasi

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti 2015 —2016 AQSh Milliy taraqqiyot jamoasi USHL 32 4 4 8 36 — — — — — 2016 —2017 AQSh Milliy taraqqiyot jamoasi USHL 24 12 11 23 73 — — — — — 2017 —2018 Boston universiteti U 40 8 23 31 61 — — — — — 2018 —2019Ottawa Senators NHL 71 22 23 45 75 — — — — — 2019 —2020Ottawa Senators NHL 71 21 23 44 106 — — — — — 2020 —2021Ottawa Senators NHL 56 17 19 36 69 — — — — — 2021 —2022Ottawa Senators NHL 79 30 37 67 117 — — — — — NHL yakunlari 277 90 102 192 367 — — — — —

Xalqaro Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti 2015-yil Qoʻshma Shtatlar U17 6 5 2 3 5 4 2017-yil Qoʻshma Shtatlar U18 7 1 6 7 12 2018-yil Qoʻshma Shtatlar WJC 7 3 6 9 2 Jami 19 6 15 21 18

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1999-yilda tugʻilganlar Turkum:Xokkey Turkum:Xokkeychilar Turkum:Amerikalik sportchilar Turkum:Amerika profissional xokkeychi