Jujhar Khaira () (1994-yil 13-avgustda tugʻilgan) — kanadalik professional xokkeychi. Jujhar Khaira hozirda Milliy xokkey ligasi (NHL) vakili „Chicago Blackhawks“ xokkey jamoasida oʻynamoqda.
Oʻyin faoliyati Khaira dastlab, „Prince George Spruce Kings“ xokkey klubi bilan faoliyatini boshladi. Jujhar Khaira klub safida Britaniya Kolumbiyasi xokkey ligasida ikki mavsum oʻynaganidan soʻng, „Edmonton Oilers“ xokkey klubi safiga qoʻshilishga qaror qildi.
2013-yil 7-avgustda Jujhar Khaira „Edmonton Oilers“ xokkey klubi bilan uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi. Keyingi 2013—2014-yilgi mavsumda Jujhar Khaira oʻzining professional debyut oʻyinini „Edmonton Oilers“ xokkey klubining AHL filiali „Oklahoma City Barons“ xokkey klubi bilan oʻtkazdi.
Keyingi mavsumda Jujhar Khaira „Edmonton Oilers“ klubining AHL filiali „Bakersfield Condors“ xokkey klubi safiga qoʻshildi. Jujhar Khaira 2015-yil 26-noyabrda „Edmonton Oilers“ xokkey jamoasiga chaqirildi va 2015-yil 28-noyabrda „Pittsburgh Penguins“ klubiga qarshi birinchi NHL o‘yinini o‘tkazdi. Bu Jujhar Khairani Robin Bawa va Manny Malhotradan keyin NHLda oʻynagan panjoblik -hindistonlik uchinchi xokkeychiga aylantirdi.
2020—2021-yilgi mavsumdan soʻng, Jujhar Khaira „Edmonton Oilers“ xokkey klubini tark etdi.
2021-yil 28-iyul kuni Jujhar Khaira „Chicago Blackhawks“ xokkey klubi bilan ikki yillik 1,95 million dollarlik shartnoma tuzdi. Uning klubdagi birinchi mavsumi jarohatlar bilan oʻtdi. Jujhar Khaira mavsumni „Chicago Blackhawks“ klubi safida 27 ta oʻyinda maydonga tushib, uchta gol urgan holda yakunladi.
Faoliyat statistikasi Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti2010—2011Prince George Spruce KingsBCHL5810324221—————2011—2012Prince George Spruce KingsBCHL5429507969402222012—2013Michigan TechWCHA376192549—————2013—2014Everett SilvertipsWHL5916274359531482013—2014Oklahoma City BaronsAHL60002310102014—2015Oklahoma City BaronsAHL51461062831442015—2016Bakersfield CondorsAHL4910172769—————2015—2016Edmonton OilersNHL1502213—————2016—2017Bakersfield CondorsAHL278122031—————2016—2017Edmonton OilersNHL101012—————2017—2018Edmonton OilersNHL6911102147—————2018—2019Edmonton OilersNHL603151843—————2019—2020Edmonton OilersNHL64641038400022020—2021Edmonton OilersNHL40381142410162021—2022Chicago BlackhawksNHL2730313—————NHL jami28527396619881018
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1994-yilda tugʻilganlar Turkum:Kanada xokkeychilari