Toshxoʻja Ashurxoʻjayev — siyosat va jamoat arbobi, Turkistondagi milliy rahbar xodimlardan biri. Turkiston muxtoriyati Milliy Majlisi aʼzosi.

Oilasi Xoʻjandda oʻzbek dehqoni oilasida tugʻilgan. Turmush oʻrtogʻi Turgʻunbibi Boychaboyeva. Uning hayoti va faoliyati toʻgʻrisida juda oz maʼlumotlar saqlanib qolganRajabov Q. Turkiston muxtoriyati vazirlari hamda Milliy Majlis aʼzolari hayoti va taqdiri. Toshkent:"Bodomzor invest", 2021. 61—62-betlar..

Siyosiy faoliyati Toshxoʻja Ashurxoʻjayev 1917-yilda tashkil qilingan musulmon ishchilarining „Ittifoq“ tashkilotida faol qatnashgan. 1917-yil noyabrda Qoʻqonda oʻtkazilgan Butunturkiston musulmonlari favqulodda IV qurultoyida u Turkiston Milliy Majlisi aʼzoligiga saylandi. 1918-yil fevralida Turkiston muxtoriyati hukumati agʻdarilgach, 1918-yil bahoridan boshlab sovet hokimiyati idoralarida turli lavozimlarda ish boshladi. Bu paytda bolsheviklar partiyasining aʼzosi boʻlganRajabov Q. Turkiston muxtoriyati vazirlari hamda Milliy Majlis aʼzolari hayoti va taqdiri. Toshkent:"Bodomzor invest", 2021. 62-bet..

1918-yil 20-aprel – 1-mayda Toshkentda boʻlgan Turkiston ishchi, soldat, krestyan, musulmon va dehqon deputatlarining V oʻlka syezdida Toshxoʻja Ashurxoʻjayev Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Milliy ishlar xalq komissari (Narkom Turknats) hamda Sa’dullaxoʻja Tursunxoʻjayev Sogʻliqni saqlash xalq komissari lavozimiga saylandi. Ashurxoʻjayev va Tursunxoʻjayev tub mahalliy xalqlar vakillaridan dastlabki komissarlar sifatida Turkistondagi sovet hukumati tarkibiga kiritilgan milliy rahbar xodimlar – milliy kommunistlar ediRajabov Q., Haydarov M. Turkiston tarixi (1917—1924 y.) Toshkent:"Universitet", 2002. 48-bet..

Vafoti 1918-yil kuzida Fargʻona vodiysiga xizmat safariga yuborilgan Ashurxoʻjayev bilan aloqalar uzilib qoladi. 1918-yili noyabrda halok boʻlgan, degan fikr oʻsha davr manbalarida uchraydi. 1919-yil 10-yanvarda xotini Turgʻunbibi Boychaboyevaning arizasiga koʻra, boquvchisini yoʻqotganlik uchun unga nafaqa tayinlanganRajabov Q. Turkiston muxtoriyati vazirlari hamda Milliy Majlis aʼzolari hayoti va taqdiri. Toshkent:"Bodomzor invest", 2021. 62-bet..

Yana qarang Turkiston muxtoriyati Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi

Manbalar

Turkum:Turkiston Milliy Majlisi aʼzolari Turkum:Tarixiy shaxslar