Hayleigh Bell (talaffuzi: Heyli Bell; 1996-yil 19-iyulda tugʻilgan) — Kanada vakili sifatida juftlikda musobaqalarida qatnashgan sobiq figurali uchuvchi. Rudi Swiegers bilan birga juftlikda konkida uchgan. Sobiq sherigi Alistair Sylvester bilan ikki marta Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etgan.

Shaxsiy hayoti Hayleigh Bell 1996-yil 19-iyulda Ontario shtatining Burlington shahrida tugʻilgan.

Konki uchish faoliyati

Sylvester bilan Hayleigh Bell va Alistair Sylvester 2009-yilda juftlik hosil qilgan va ularga Ontario shtatidagi Barrie shahrida joylashgan „Allandale Recreation Centre“ markazida Lee Barkell murabbiylik qilgan. Juftlik 2012-yilgi Kanada chempionatida oʻzlarining bosh sovrinini qoʻlga kiritgandan soʻng, 2012-yilda Belarusning Minsk shahrida boʻlib oʻtgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etib, Kanada terma jamoasiga kiritilgan. Juftlik chempionatda qisqa dastur bo‘yicha oʻn ikkinchi o‘rin, erkin dasturda esa toʻqqizinchi o‘rin bilan, umumiy hisobda jamoalar oʻrtasida oʻn ikkinchi oʻrinni egallagan.

Bell / Sylvester juftligi keyingi mavsumda oʻzlarining birinchi Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) tomonidan oʻtkazilgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqalarida ishtirok etgan; ular Avstriyada boʻlib oʻtgan Gran-pri turnirida 7, Xorvatiyada esa 6-oʻrinni egallagan. 2013-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Kanada chempionatida qatnashib, chempionlikni qoʻlga kiritgan juftlik, 2013-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etishi uchun Italiyaning Milan shahriga joʻnatilgan. Juftlik chempionatda qisqa dasturda 14-o‘rinni, erkin dasturdan esa 10-o‘rinni egallaganidan holda, umumiy hisob bilan jamoalar orasida 11-o‘rindan joy olgan.

Dasturlari

Swigers bilan MavsumQisqa dasturErkin dastur2015—2016 November Rain Howl’s Moving Castle

Sylvester bilan MavsumQisqa dasturErkin dastur2012—2013 Charleston Fantasie Impromptu 2011—2012 Nut Rocker Liebestraum

Natijalari GP: Gran-pri ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Swigers bilan Xalqaro Musobaqa 2015—16 Rostelecom Cup 8 Skate Kanada 5 Milliy Kanada chempionati 8

Sylvester bilan juftlik Xalqaro Musobaqa 2011—12 2012—13 Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionati 12 11 Avstriya 7 Xorvatiya 6 Milliy Kanada chempionati 1 1

Yakka holda Musobaqa 2011—12 2012—13 Kanada chempionati 18 16

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1996-yilda tugʻilganlar Turkum:Kanadalik figurali uchuvchilar Turkum:Figurali uchuvchilar