Sanjin Prcić (; 1993-yil 20-noyabrda tugʻilgan) — bosniyalik professional futbolchi, Liga 1 klubi Strasburg va Bosniya va Gersegovina terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati

Ilk faoliyat davri Prcić 2001-yilda Sochauxning yoshlar akademiyasiga qoʻshilgan. 2012-yil sentabr oyida tizzasidan og‘ir jarohat oldi va kamida olti oyga safdan chiqishi maʼlum boʻldi. 2013-yilning 31-avgustida 19 yoshida Ajaccioga qarshi oʻyinda professional debyut qilgan. 30-oktabrda professional golini Monpellierga kiritdi.

Rennes 2014-yilning iyul oyida Prcić nomaʼlum toʻlov evaziga Rennesga oʻtdi. Klubdagi rasmiy debyutini 16-avgust kuni Evianga qarshi oʻtkazdi. 2015-yilning 25-aprelida Nicega „Renn“ safidagi ilk golini kiritdi.

Sentyabr oyida Prcić Italiyaning Torino jamoasiga bir mavsumga ijaraga berildi. 2016-yilning yanvarida yarim mavsumga Perudjaga ijaraga berildi.

Levante 2018-yilning avgustida Prcić uch yillik shartnoma asosida Ispaniyaning Levante jamoasiga oʻtdi. Jamoadagi debyutini 17-avgust kuni Betisga qarshi oʻtkazdi.

Strasbourg 2019-yil yanvar oyida Prcić Strasburgga olti oylik ijara asosida oʻtdi. 30-yanvar kuni Bordeauxga qarshi Coupe de la Liga oʻyinida rasman debyut qildi. Oradan bir hafta oʻtib, Angersga qarshi oʻyinda debyut qildi va gol urishga muvaffaq boʻldi. 30-mart kuni klubi Coupe de la Liga finalida Guingampni magʻlub etdi, Prcić klubdagi birinchi sovrinini qoʻlga kiritdi.

Sentyabr oyida Strasburg Prcić bilan uch yillik shartnoma imzoladi.

2022-yilning may oyida shartnomasini 2025-yilning iyuniga qadar uzaytirdi.

Xalqaro faoliyati Prcić Bosniya va Gersegovinani barcha yosh toifadagi terma jamosini himoya qilgan. Velimir Stojnić bosh murabbiyligidagi 17 yoshgacha boʻlganlar jamoasi sardori sifatida ham oʻynagan.

2014-yil avgust oyida Lixtenshteynga qarshi oʻrtoqlik oʻyini va Kiprga qarshi UEFA Yevro-2016 saralash oʻyiniga birinchi marta chaqiruv oldi. 4-sentabr kuni Lixtenshteynga qarshi debyut qildi.

Faoliyat statistikasi

Klub

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarSochaux II2010—2011Championnat National 2141--1412011—2012Championnat National 2243--2432012—2013Championnat National 2172--1722013—2014Championnat National 210--10Jami566--566Sochaux2013—2014Liga 12902111322Rennes2014—2015Liga 117110202012016—2017Liga 125120102812017—2018Liga 11910011202Jami6133041684Torino (ijara)2015—2016Serie A2010-30Perugia (ijara)2015—2016Serie B133--133Levante2018—2019La Liga10040-140Strasbourg (ijara)2018—2019Liga 1132-20152Strasbourg2019—2020Liga 1300010402020—2021Liga 114010-1502021—2022Liga 132120-3412022—2023Liga 113000-130Jami7533030813Jami faoliyati246151318226718

Xalqaro

+Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok GollarBosniya va Gersegovina 2014 3 0 2015 1 0 2016 1 0 2017 1 0 2018 2 0 2019 0 0 2020 0 0 2021 3 0 2022 3 0 Jami 14 0

Yutuqlari Strasburg

Coupe de la Liga: 2018—2019

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Bosniya va Gersegovinalik erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari