Tony Ghislain Tchani (; 1989-yil 13-aprelda Kamerunda tugʻilgan) — amerikalik futbolchi, yarim himoyachi.
Tchani AQShga 2006-yilning dekabr oyida kelgan. Dastlab Merilendda onasi bilan yashab, keyinchalik mahalliy oʻrta maktabda oʻqish va mahalliy futbol jamoasida oʻynash uchun Virjiniya shtatining Norfolk shahriga koʻchib oʻtishgan.
2011-yil 15-iyulda Tchani „Columbus Crew“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 2011-yil 26-avgustda operatsiya qilingan tizzasi bilan bogʻliq muammolar tufayli u uch yarim oyni oʻtkazib yuborgan va 2011-yil 27-oktabrda „Colorado Rapids“ futbol klubiga qarshi pley-offning dastlabki bosqichidagi oʻyinda debyut qilgan. 2012-yil 23-iyun kuni „Chicago Fire“ futbol klubiga qarshi o‘yinda u „Columbus Crew“ futbol klubi safidagi ilk golini urgan. 2012-yilgi mavsum yakunida „Columbus Crew“ futbol klubi Tchani bilan shartnomani uzaytirmagan, ammo 2012-yilning 7-dekabrida klub futbolchi bilan yangi shartnoma imzolagan. Tchanining 2015-yilgi mavsumi uning MLSdagi faoliyatidagi eng muvaffaqiyatlisi boʻlgan, u jamoaning markaziy yarim himoyachisi sifatida 32 oʻyinda qatnashib, beshta gol urgan va oltita golli uzatmani amalga oshirgan.
Xalqaro faoliyati Tchani 2013-yil yanvar oyida AQSh fuqaroligini olgan.
2015-yilning 2-noyabrida Tchani Kamerun terma jamoasiga ilk bor, 13 va 17-noyabr kunlari Nigerga qarshi JCh—2018 saralash o‘yinlariga chaqirilgan. Biroq tizzasidan olgan jarohati tufayli u asosiy jamoaga qo‘shila olmagan.
2016-yilning 6-yanvarida Tchani AQSh terma jamoasining yanvar oyidagi yillik yig‘iniga taklif qilingan, u 31-yanvarda Islandiya va 5-fevralda Kanadaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari bilan yakunlangan. Islandiyaliklar bilan oʻyinda u 71-daqiqada Jermeyn Jonsning oʻrniga maydonga tushib, AQSh terma jamoasi tarkibida debyut qilgan.
Uning AQSh terma jamoasidagi o‘yini o‘rtoqlik o‘yini bo‘lganligi sababli, 2016-yil 19-martda u yana Kamerun terma jamoasiga 2017-yilgi Afrika Millatlar Kubogi saralashida 26 va 29-martda Janubiy Afrika termasiga qarshi o‘yin uchun chaqirilgan. U birinchi oʻyindayoq terma jamoa safida debyut qilgan .
Statistika JamoaMavsumMLSMilliy kubokMLS play off bosqichiCONCACAFJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolNew York Red Bulls20102714000—311201120———20Toronto FC201113140——171Columbus Crew SC2011000010—10201222200——222201322010——23020143302021—37120153252050—395201621120——231Vancouver Whitecaps FC2017274—20-294Chicago Fire201813130——161Umumiy faoliyatida21215180101—24016
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Kamerunlik erkak futbolchilar Turkum:Amerikalik erkak futbolchilar Turkum:Maryland Bobcats FC futbolchilari Turkum:New York Red Bulls futbolchilari Turkum:Toronto FC futbolchilari Turkum:Columbus Crew futbolchilari Turkum:Vancouver Whitecaps FC futbolchilari Turkum:Chicago Fire FC futbolchilari Turkum:FC Edmonton futbolchilari Turkum:Virginia Beach Piranhas futbolchilari Turkum:Major League Soccer futbolchilari Turkum:Kamerunlik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar