Valērijs Šabala (1994-yil 12-oktyabrda tugʻilgan) — Latviyalik futbolchi, Farer orollarining KÍ Klaksvik klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati

Skonto Riga 2011-yilning fevral oyida Šabala oʻsha paytdagi Latviya Oliy ligasi chempioni Skonto Riga jamoasiga qoʻshildi. Klubdagi debyut mavsumida asosiy tarkibda kamdan-kam maydonga tushardi. Umumiy 22 oʻyinda 2 ta gol urdi. Šabala oʻzining Skonto safidagi ligadagi birinchi golini 2011-yilning 25-sentyabrida JFK Olimpsga qarshi oʻyinda kiritdi. Oʻsha yili yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi va Ilmārs Liepiņš mukofotini oldi. Mavsum davomida Šabala Arsenal, Watford va Udinese Calcio bilan qisqa muddatli sinovlardan oʻtdi.

Club Brugge 2014-yil 29-yanvarda Šabala Belgiya Pro-ligasi klubi Bruggega qoʻshildi va toʻrt yarim yillik shartnoma imzoladi. Keyin yarim mavsumga Skontoga ijaraga berildi. Ijara davomida Šabala liganing 9ta uchrashuvida maydonga tushib, 5ta gol urdi. Mavsum oldi tayyorgarlik davrini „Brugge“ safida oʻtkazgan Šabala 2014-yilning 22-avgustida Kipr birinchi divizioni Anortosis Famagusta klubiga yana ijaraga berildi.

Podbeskidzie Bielsko-Biała Polsha, Chexiya, Slovakiya va Latviyadagi ijara muddatidan soʻng, 2017-yil 4-avgustda Šabala I liga vakili Podbeskidzie Bielsko-Byała bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. 12 ta gol urib, I liganing 2018—2019-yilgi mavsumda eng yaxshi toʻpurarga aylandi.

Xalqaro faoliyati Šabala vatanining barcha yoshlar terma jamoalari aʼzosi boʻlgan va Latviya milliy futbol terma jamoasi safida 2013-yilning 24-may kuni Qatarga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan. Keyingi oʻyinda milliy terma jamoada Turkiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida ikkita gol urdi va Latviya terma jamoasi safidagi eng yosh gol muallifiga aylandi. Birinchi rasmiy oʻyini 2014-yilgi Jahon chempionati saralashida Bosniya va Gersegovinaga qarshi oʻyin boʻldi.

Xalqaro gollari

Manba:

# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1. 2013-yil 28-may Schauinsland-Reisen-Arena, Duisburg, Germaniya 3-3 Doʻstona 2. 3. 2013-yil 15-oktyabr Skonto stadioni, Riga, Latviya 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi 4. 2014-yil 3-sentyabr Skonto stadioni, Riga, Latviya 2-0 Doʻstona 5. 6. 2014-yil 13-oktyabr Skonto stadioni, Riga, Latviya UEFA Yevro-2016 saralashi 7. 2015-yil 3-sentyabr Torku Arena, Konya, Turkiya UEFA Yevro-2016 saralashi 8. 2015-yil 10-oktyabr Laugardalsvollur, Reykyavik, Islandiya UEFA Yevro-2016 saralashi 9. 2016-yil 29-mart Viktoriya stadioni, Gibraltar Doʻstona 10. 2016-yil 6-sentyabr Estadi Nacional, Andorra-la Vella, Andorra 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi 11. 2017-yil 10-oktyabr Skonto stadioni, Riga, Latviya 4-0 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi 12. 13. 2017-yil 13-noyabr Adem Jashari Olimpiya stadioni, Mitrovitsa, KosovoKosovo Doʻstona

Faoliyat statistikasi

Klub V. Šabala. Soccerway profile] Klub Mavsum Liga Kubok YYevropa Boshqa Jami Liga Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar FK Daugava 2009-yil Virsliga 2 0 0 0 0 0 0 0 2 0 JFK Olimps 2010-yil 21 6 0 0 0 0 1 0 22 6 Skonto FK 2010-yil 0 0 0 0 0 0 3 1 3 1 2011-yil 22 2 1 0 2 0 0 0 25 2 2012-yil 31 11 4 0 2 0 0 0 37 11 2013-yil 24 15 4 3 4 1 0 0 32 19 2014-yil 9 5 0 0 0 0 0 0 9 5 Jami faoliyati 109 39 9 3 8 1 4 1 130 44

Yutuqlari

Klub

Skonto FK

Latviya kubogi (1): 2011—2012 Boltiq ligasi (1): 2010—2011

Xalqaro

Boltiq kubogi (1): 2014-yil

Individual

Latviya Oliy Ligasining eng yaxshi yosh futbolchisi (2): 2011, 2012 Latviya oliy ligasining eng yaxshi hujumchisi (1): 2013-yil Polsha I ligasining eng yaxshi toʻpurari (1): 2018—2019

Manbalar

Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Latviyalik erkak futbolchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1994-yilda tugʻilganlar