Yaponiyaning Aichi prefekturasida joylashgan shahardir. 2019-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, shahardagi 24872 ta xonadonda 57872 nafar aholi istiqomat qiladiTokoname City official statistics , aholi zichligi — har kvadrat kilometrga 1035 nafarni tashkil etadi. Shaharning umumiy maydoni 55,90 kvadrat kilometr (21,58 mi²) ga teng.
Geografiyasi left|thumb|200x200px|Tokoname shahrining silueti thumb|left|Demografiyasi Tokoname Chita yarim orolining gʻarbiy sohilida, Aichi prefekturasining janubida, Ise koʻrfaziga yaqin hududda joylashgan. Qoʻshni munitsipalitetlar
Aichi prefekturasi
Chita Agui Mihama Handa Taketoyo Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraTokoname population statistics, Tokoname aholisi soni soʻnggi 50 yil ichida nisbatan barqaror boʻlgan.
Iqlimi Shahar issiq va nam yoz hamda nisbatan yumshoq qish bilan tavsiflangan iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Tokonameda oʻrtacha yillik harorat 15,5 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻingarchilik 1674 mm, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 27,4 °C atrofida, eng past harorati esa yanvarda, taxminan 4,6 °C boʻladiTokoname climate data.
Tarixi
Qadimgi tarixi Tokoname Heian davridan beri keramika ishlab chiqarish bilan bogʻliq tarzda rivojlangan hamda bu davrdagi Tokoname-yaki asarlari Yaponiya shimolidagi Aomori prefekturasi va janubdagi Kagosima prefekturasigacha boʻlgan joylardan ham topilgan.
Oʻrta davrlar Kamakura davriga kelib, 3000 dan ortiq pechlar faoliyat yuritgan. Sengoku davrida bu hudud Isshiki sulolasining nazorati ostida boʻlib, keyinchalik Oda Nobunaga va Toyotomi Hideyoshi hukmronligi ostida oʻtgan.
Ilk zamonaviy davri Edo davrida hozirgi Tokoname atrofidagi hudud Ovari domenining bir qismi boʻlgan.
Keyingi zamonaviy davri 1889-yildagi Meiji restavratsiyasidan keyingi kadastr islohotlarida zamonaviy munitsipalitetlar tizimini oʻrnatish bilan Tokoname shahri yaratilgan.
Zamonaviy tarixi Tokoname 1954-yil 1-aprelda Tokoname shahrining Onizaki (鬼崎), Nishiura (西浦), Ōno (大野) va Miva qishlogʻi (三和村) bilan qoʻshilishi natijasida shahar maqomiga koʻtarildi.
Hukumat right|thumb|200x200px| Tokoname shahar hokimiyati Tokoname toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer hamda 18 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Shahar Aichi prefekturasi assambleyasiga bir aʼzoni qoʻshish huquqi mavjud. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Aichi tumani tarkibiga kiradi.
Tokoname sohilidagi sunʼiy orolda qurilgan Chubu Centrair xalqaro aeroporti 2005-yil 17-fevralda ochilgan boʻlib, bu mahalliy taraqqiyot rivojiga katta turtki boʻldi.
Tashqi aloqalar
Qardosh shaharlar — qardosh shaharlar
Xalqaro
Doʻstlik shahri
Yixing(Jiangsu, Xitoy) 25-aprel 2018-yil
Iqtisodiyoti
Iqtisodiyotning ikkilamchi sektori
Keramika muhandisligi Tokoname mintaqaviy savdo markazi boʻlib, Heian davridan beri keramika, xususan Tokoname-yaki ishlab chiqarishi bilan tanilgan va keramika ishlab chiqarish mahalliy iqtisodiyotning asosiy tarmogʻi boʻlib qolmoqda. Asosiy keramika ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan biri INAX hisoblanadi.
Ilgari 60 ga yaqin pechlar ishlatilgan, ularning aksariyati Meidzi davrida qurilgan. Bugungi kunda ular shaharning diqqatga sazovor joyiga aylangan. Ammo Ikkinchi Jahon urushidan keyin koʻplari yopildi va yoʻq qilindi, chunki ishlab chiqarish usullari modernizatsiya qilingan va havo sifatini himoya qilish uchun pechlarni yoqish hukumat tomonidan tartibga solingan. Tōei oʻchogʻi (陶栄窯) 887-yilda qurilgan va 1974-yilgacha ishlatilgan toqqa chiqadigan pech (nobori-gama) hisoblanadi. Bu Yaponiyada mavjud boʻlgan eng katta pechdir. U 1982-yilda hukumat tomonidan muhim moddiy madaniy meros sifatida belgilangan. Unda 17° burchak ostida ishlaydigan sakkizta otash kamerasi va har xil balandlikdagi oʻnta moʻri mavjud.
Uzoq qirgʻoq chizigʻi mavjudligi sababli shaharda tijorat baliq ovlash ham mahalliy iqtisodiyotda muhim rol oʻynaydi.
Galereya
Taʼlim tizimi Tokonameda toʻqqizta davlat boshlangʻich maktabi, shahar hukumati tomonidan boshqariladigan toʻrtta davlat oʻrta taʼlim maktab hamda Aichi prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat yuqori taʼlim maktabi faoliyat yuritadi.
Oʻrta maktab
Tokoname oʻrta maktabi
Oʻrta maktablar
Tokoname oʻrta maktabi Onizaki oʻrta maktabi Nanryo oʻrta maktabi Seikai oʻrta maktabi
Boshlangʻich maktablar
Miwa boshlangʻich maktabi Ono boshlangʻich maktabi Onizaki Shimoliy boshlangʻich maktabi Onizaki janubiy boshlangʻich maktabi Tokoname Gʻarbiy boshlangʻich maktabi Tokoname Sharqiy boshlangʻich maktabi Nishiura Shimoliy boshlangʻich maktabi Nishiura Janubiy boshlangʻich maktabi Kosugaya boshlangʻich maktabi
Transport tizimi thumb|200x200px| Chubu xalqaro aeroporti thumb|200x200px| Tokoname stantsiyasi
Havo yoʻllari
Aeroport
Chubu Centrair xalqaro aeroporti
Temir yoʻllar
Anʼanaviy yoʻllar
20x20px Meitetsu
Tokoname liniyasi : — Ōnomachi — Nishinokuchi - Kabaike — Enokido — Taya — Tokoname Aeroport liniyasi : Tokoname — Rinkū-Tokoname - Markaziy Yaponiya Xalqaro Aeroporti
Avtobuslar
Avtobus xizmatlari
Chita avtobusi (Chita Noriai)
Kariya-Markaziy Yaponiya xalqaro aeroporti yoʻnalishi Chiryu — Kariya — Ogava — Markaziy Yaponiya xalqaro aeroporti Tokoname yoʻnalishi Chintahanda — Naravabashi — Tokoname — Markaziy Yaponiya xalqaro aeroporti /- RinkuTokoname — Tokoname — Tokoname davlat kasalxonasi Tokoname janubiy yoʻnalishi Kaminomae — Tokoname — *Markaziy Yaponiya xalqaro aeroporti/ — RinkuTokoname — Tokoname — Tokoname davlat kasalxonasi *Markaziy Yaponiya xalqaro aeroportiga boradigan barcha yoʻlovchilar transfer chiptasini olishlari va Tokoname stansiyasida Tokoname yoʻnalishi xizmatlariga oʻtishlari kerak.
Tokoname shahri shimoliy avtobusi
Tokoname munitsipal hukumati — Tokoname — Tokoname davlat kasalxonasi — YadaCentral — Ogura jamoat zali
Yoʻllar
Katta tezlikda harakatlanish yoʻli
link=|alt=|20x20px Chitaodan yoʻli (pullik yoʻl) link=|alt=|20x20px Chubu xalqaro aeroportining tutashuv yoʻli (pullik yoʻl)
Yaponiya milliy marshruti
Milliy yoʻnalish 155 Milliy yoʻnalish 247
Mahalliy diqqatga sazovor joylar
Inax muzeyi Akio Morita kutubxonasi Ono qal’asi
Galereya
Tokonamelik taniqli odamlar
Tetsuzo Tanikava, faylasuf, Shuntaro Tanikavaning otasi Kotaro Suzumura, iqtisodchi Peanuts, qoʻshiqchilar Tatsutoshi Goto, professional kurashchi Tetsu Vatanabe, aktyor Shibayama Tomotaka, 2020-yilda Tokonameda boʻlib oʻtadigan "A Whisker Away" filmining anime rejissyori
Manbalar
Havolalar
(with link to pages in English)
Turkum:Yaponiyaning qirgʻoqboʻyi aholi punktlari Turkum:Aichi prefekturasidagi shaharlar Turkum:Tokoname (Aichi)