Ola Williams Kamara (; 1989-yil 15-oktabrda Norvegiyaning Oslo shahrida tugʻilgan) — asli Serra-Leonelik boʻlgan norvegiya futbolchisi, „DC United“ futbol klubi va Norvegiya terma jamoasi hujumchisi.
Ola Syerra Leonelik oilada tugʻilgan. U tugʻilishidan oldin uning oilasi Osloga koʻchib oʻtgan.
Klublardagi faoliyati thumb|212x212px| Kamara „Strømsgodset Toppfotball“ futbol klubi safida Kamara „Stabæk“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi. 2006-yil 1-oktabrda „Lillestrøm“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Somen Tchoyining oʻrniga maydonga tushgan va 16 yoshida Tippe ligasida debyut qilgan. 2007-yilda Ola ikkinchi divizion klubi „Hønefoss“ jamoasida ijara asosida oʻynagan. „Stabæk“ futbol klubiga qaytgach, u mamlakat chempioni boʻlgan. 2009-yilda Kamara „Strømsgodset Toppfotball“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. Shartnoma ikki yilga imzolangan. 3-may kuni „Sandefjord“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Ola yangi jamoada debyut qilgan. 21-iyun kuni „Tromsø“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda u „Stromsgodset“ futbol klubi safidagi birinchi golini urgan. 2010-yilda Ola klub bilan Norvegiya kubogini qoʻlga kiritgan.
2013-yilda Kamara Avstriyaning „Ried“ jamoasiga koʻchib oʻtgan, ammo darhol Germaniyaning „TSV 1860 Munich“ jamoasiga ijaraga berilgan. 4-fevral kuni „Kaiserslautern“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Ikkinchi Bundesligada debyut qilgan.
Oʻsha yilning yozida Ola „Stromsgodset“ futbol klubiga qaytgan va 14 uchrashuvda 12 ta gol urib, jamoaning Norvegiya chempioni boʻlishiga yordam bergan. 2014-yilda Kamara Avstriyaga koʻchib oʻtgan . 9-fevral kuni „Rapid Wien“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Avstriya Bundesligasida debyut qilgan. 4-may kuni „Gröding“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Kamara poytaxt jamoasi safidagi ilk golini urgan. Yil davomida u atigi ikkita gol urgan va 2015-yilda „Molde“ futbol klubiga ijaraga berilgan. 7-aprel kuni „Odda“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Kamara yangi jamoasida debyut qilgan. 11-aprel kuni „Bodø/Glimt“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Ola „Molde“ futbol klubi tarkibidagi birinchi gollarini urib, „dubl“ni amalga oshirgan. 3-iyul kuni „Sarpsborg 08“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u xet-trik qayd etgan.
Xalqaro faoliyati 2013-yilning 11-oktabr kuni JCh-2014 saralash bosqichida Sloveniyaga qarshi o‘yinda Kamara Norvegiya terma jamoasida Daniel Broten o‘rniga maydonga tushgan. 2014-yilning 15-yanvarida Moldova bilan o‘rtoqlik o‘yinida Ola terma jamoa safidagi ilk golini urgan. 2017-yil noyabr oyida Kamara uch yillik tanaffusdan soʻng Norvegiya terma jamoasiga qaytib, Makedoniya va Slovakiya terma jamoalari bilan oʻrtoqlik oʻyinlarida qatnashgan. 2018-yilning 23-mart kuni Avstraliya terma jamoasiga qarshi kechgan bahsda u xet-trik qayd etgan.
Jamoalari JamoaMamlakatMavsumStabæk IF2006Hønefoss BK (ijara)2007Stabæk IF2008Strømsgodset IF2009—2012SV Ried2013TSV 1860 Múnich (ijara)2013TSV 1860 Múnich II (ijara)2013Strømsgodset IF (ijara)2013SV Ried2014Austria Viena2014Molde FK (ijara)2015Austria Viena2016Columbus Crew2016—2017Los Angeles Galaxy2018—2019Shenzhen FC2019D. C. United2019—hozirga qadar
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Norvegiyalik erkak futbolchilar