Alexandra Aldridge (talaffuzi: Aleksandra Oldirij; 1994-yil 7-mayda tugʻilgan) — Amerika vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashuvchi muz raqqosasi. Konkida uchish boʻyicha sobiq sherigi Daniel Eaton bilan birga 2014-yilgi Toʻrt qitʼa chempionatining bronza medali sohibi, ikki karra (2012, 2013) Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatining bronza medali sovrindori, 2012-yil Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalining bronza medali sovrindori va Oʻsmirlar oʻrtasida ikki karra AQSh chempioni boʻlgan.

Faoliyati

Eaton bilan Aldridge 2009-yil may oyida Eaton bilan juftlik hosil qilgan. Juftlik oʻzlarining birinchi mavsumida AQShning yangi konkida uchuvchilari unvonini qoʻlga kiritgan. Keyingi mavsumda ular Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasida debyut qilib, Fransiya va Angliyada boʻlib oʻtgan musobaqalarida 6 va 4-oʻrinlarni egallaganlar. Juftlik oʻsmirlar oʻrtasida 2011-yilgi AQSh chempionatida ishtirok etib, 5-oʻrinni egallagan.

2011 — 2012-yilgi mavsumda Aldridge / Eaton juftligi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasining Latviyada boʻlib oʻtgan bosqichida bronza, Avstriyada esa kumush medalni qoʻlga kiritgan. Ular 2012-yilgi AQSh chempionatida oʻsmirlar unvoniga sazovor boʻlgan. Juftlik 2012-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida qatnashib, Anna Yanovskaya / Sergey Mozgov juftligini ortda qoldirgan holda, bronza medalini qoʻlga kiritgan.

Aldridge / Eaton juftligi 2012 −2013-yillarda AQSh va Sloveniyada boʻlib oʻtgan JGP musobaqalarida oltin medallarni qoʻlga kiritgan. Ular ushbu natijalari tufayli Rossiyaning Sochi shahrida boʻlib oʻtadigan 2012 — 2013 JGP finalida qatnashish uchun yoʻllanmaga ega boʻlgan va finalda ishtirok etib, bronza medalini qoʻlga kiritganlar. Juftlik 2013-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida yana bir bronza medali sohibiga aylangan.

Aldridge / Eaton juftligi 2014-yil iyul oyida US Classic musobaqasida oltin medalni qoʻlga kiritgandan soʻng, ikkita Gran-pri musobaqasida ishtirok etib, 2014 Skate Canada International musobaqasida oltinchi va 2014 Rostelecom Cup musobaqasida yettinchi oʻrindan joy olgan. Juftlik 2015-yilgi AQSh chempionatida ishtirok etib, oltinchi oʻrinni egallagan. Ular 2015-yilning 30-yanvarida juftlikdagi faoliyatini tugatganini eʼlon qilgan.

Dasturlari

Eaton bilan MavsumQisqa raqsErkin raqs2017 — 2018 Volverás

Letʼs Get Loud Ainʼt That a Kick in the Head?

Mack the Knife2014 — 2015 Carmen:

Carmen Ouverture Torreador MarchGone with the Wind:

Taraʼs Theme

Atlanta Bazaar Fleeing of Atlanta Taraʼs Theme2013 — 2014 Man with the Hex The Business of Love Hey Pachuco Secret Love Dhoom Taana (Om Shanti Om) Anarkli Disco (Houseful 2) Bollywoodning 2012-yilgi qoʻshiqlari

Natijalari GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Eaton bilan Xalqaro Musobaqa 09 — 10 10 — 11 11 — 12 12 — 13 13 — 14 14 — 15 17 — 18 Jahon chempionati 17 Toʻrt qitʼa 3 Rostelcom 7 Skate Canada 6 US Classic 1 Nepela Trophy 6 Xalqaro: Oʻsmirlar Jahon chempionati 3 3 finali 4 3 Avstriya 2 Fransiya 6 Latviya 3 Sloveniya 1 Buyuk Britaniya 4 AQSh 1 Milliy AQSh chempionati. 1-N 5-J 1-J 1-J 5 6 8 Darajalar: N = yangi konkida uchuvchi; J = oʻsmirlar

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1994-yilda tugʻilganlar Turkum:Figurali uchuvchilar Turkum:AQSh figurali sportchilari